O‘quvchilarga dars vaqtida telefondan foydalanishiga qonuniy taqiq qo‘yildi — Qozog‘iston

20:00 / 28.02.2024
3.95k
Qozog‘istonda maktab o‘quvchilarining dars vaqtida smartfondan foydalanishiga qonuniy taqiq joriy qilinmoqda. Tegishli qonunni Prezident Qosim-Jomart Toqayev imzoladi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
“Taʼlim, tarbiya va bolalar xavfsizligi masalalari toʻgʻrisida”gi qaror bilan Qozog‘istonning “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga yangi norma kiritilmoqda. Endilikda o‘quvchilarning huquqlari va majburiyatlari bandiga quyidagi norma qo‘shilmoqda:
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning dars jarayonida uyali aloqa qurilmasidan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qisqa muddatli o‘quv rejalarida ta’lim maqsadlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
O‘quvchilarga dars vaqtida smartfonlardan foydalanish taqiqlanishi dars davomida o‘quvchilarning ham, o‘qituvchining ham chalg‘imasligi uchun zarur deya asoslangan. O‘tgan yilning dekabr oyida Qozog‘iston Xalq ta’lim vaziri G‘ani Beysembayev smartfonlar bolalarni ta’lim jarayonidan chalg‘itishini ta’kidlagandi.
“Bu ota-onalar va oʻqituvchilarning ariza va shikoyatlari natijasida koʻrilgan chora. Yana shuni taʼkidlab oʻtamizki, smartfondan faqat dars vaqtida foydalanish taqiqlanadi. Darsdan darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchi ota-onasi bilan mobil telefon orqali bog‘lanishi mumkin. Bu dars davomidagi cheklov xolos”, deb tushuntirdi vazir G‘ani Beysembaev.
Eslatib o‘tamiz,
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi tomonidan joriy yilning 22-yanvar kuni taʻlim muassasalarida oʻquvchi va
oʻqituvchilar tomonidan mobil telefonlardan foydalanish tartibiga rioya
etilishini qatʻiy nazorat qilish boʻyicha topshiriq berilgandi.
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

11:40 / 24.04.2025
Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda

18:30 / 23.04.2025
Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti

12:11 / 22.04.2025
Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar

09:27 / 22.04.2025
Yana ikki nafar maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib, avtohalokatga uchradi
Mavzuga doir yangiliklar

Ba’zi platformalarda bolalarni zararli kontentdan himoya qilish choralari kuchaytiriladi
Meta kompaniyasi Instagram tarmog‘ida 16 yoshga to‘lmagan yoshlarning ota-onalar ruxsatisiz ilovaning “Jonli efir” funksiyasidan foydalanishni taqiqlamoqda.
20:10 / 16.04.2025

O‘quvchilardan olib qo‘yilgan telefon kimga qaytarilishi kerak?
Telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar nazorat qiladi
22:54 / 13.02.2025

Rossiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefondan foydalanishi taqiqlandi
Rossiya Federatsiyasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilib, o‘quvchilarnung dars vaqtida mobil telefondan foydalana olmasligi belgilandi.
08:33 / 19.12.2023

Endi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olmaydi — Avstraliya
Avstraliya hukumati yangi qonunni qabul qildi
12:46 / 07.12.2024
Izohingizni tahrirlang