Oʻquvchilar telefondan foydalanish qoidalarini buzganda ota-onalar javobgarlikka tortilishi mumkin
20:43 / 27.02.2024
15.91k
Joriy yilning 22-yanvar kuni taʻlim muassasalarida oʻquvchi va oʻqituvchilar tomonidan mobil telefonlardan foydalanish tartibiga rioya etilishini qatʻiy nazorat qilish boʻyicha Prezident Administratsiyasi tomonidan topshiriq berilgan.
Bu haqda Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining 2024-yil 24-yanvar kungi “Taʻlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarini soʻzsiz bajarilishini taʻminlashga qaratilgan chora-tadbirlar” rejasida nazarda tutilgan.
Unda taʼlim muassasasi hududida har bir taʻlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari (pedagog-xodimlar, oʻquvchilar, ota-onalar) hamda tashrif buyuruvchi boshqa fuqarolar shaxsiy mobil aloqa vositalarini ovozsiz holatga keltirishlari va vaqtincha saqlashga topshirishlari uchun, taʻlim muassasalarida ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda (maktab foyesi, maʻnaviyat xonasi, sinf xonalari va boshqa qulflanadigan joylarda) qutilar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Shuningdek, vazirlikning mazkur chora-tadbirlar rejasida quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilangan:
—taʼlim muassasasida maktab rahbariyati tomonidan mobil aloqa vositalarini olib kirmaslik (maktab foyesi, maʻnaviyat xonasi, sinf xonalari va boshqa qulflanadigan joylarda saqlash) boʻyicha qatʻiy nazorat oʻrnatish;
—oʻquvchilar tomonidan sinf xonasiga kirishda, ovozsiz rejimga qoʻyilgan mobil telefonlarini maktab foyesi yoki oʻqituvchi stoli yonidagi qutida qoldirish, dars tugagandan soʻng mobil telefonlarini olish;
—boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun mobil telefonlarini darslar boshlanishidan avval oʻqituvchiga topshirish, darslar tugagandan soʻng oʻqituvchidan olish amaliyotini joriy etish;
—oʻquvchilar tomonidan mobil telefondan foydalanish tartiblari buzilganda ogohlantirish, qayta takrorlanganda, ularning ota-onalarini xabardor qilish va qonunchilikda belgilangan tartibda maʻmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
—taʻlim muassasalarida inspektor psixolog va profilaktika inspektori tomonidan mobil telefon ishlatish qoidalariga rioya etilishi boʻyicha doimiy reydlar uyushtirish.
Hozirgi kunda taʻlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi taʻlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 139-son qarori hamda Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 282-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan namunaviy odob-axloq qoidalari bilan tartibga solinadi.
Maʼlumot uchun, o‘quvchilarning asosiy ko‘nikmalari pasayib borayotganidan xavotirlar kuchaygach, 2023-yil sentyabr oyidan boshlab Shvetsiya olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun raqamli o‘rganishni bekor qilib, planshetlardan kitoblarga qayta boshlagan.
Shuningdek, Qozog‘istonda ham maktab o‘quvchilarining dars paytida smartfonlardan foydalanishini taqiqlash qonuniylashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun, o‘quvchilarning asosiy ko‘nikmalari pasayib borayotganidan xavotirlar kuchaygach, 2023-yil sentyabr oyidan boshlab Shvetsiya olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun raqamli o‘rganishni bekor qilib, planshetlardan kitoblarga qayta boshlagan.
Shuningdek, Qozog‘istonda ham maktab o‘quvchilarining dars paytida smartfonlardan foydalanishini taqiqlash qonuniylashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Telefonsiz maktab” tashabbusini ilgari surib, telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berilishini aytgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
12:58 / 19.12.2025
O‘zbekistonlik yana bir o‘quvchi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutib oldi
11:29 / 18.12.2025
2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi
11:00 / 17.12.2025
O‘quvchilarni maktab hududini obodonlashtirishga jalb qilgan direktorga 20 mln so‘m jarima solindi
02:15 / 17.12.2025
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi
Endilikda Malayziya hamda Daniya hukumati ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
00:07 / 15.12.2025
Maqola
O‘zbekiston maktablarida mobil telefonlardan foydalanish 13 yil avvalgi norma bilan tartibga solinmoqda
O‘zbekiston Hukumati ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha yangi taqiqlar joriy etishni o‘ylab ko‘rganicha yo‘q.
09:51 / 18.11.2025
Xorij ta'limi
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish butunlay taqiqlandi — Avstraliya
Dunyoda birinchi bo‘lib Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlanadi.
11:27 / 17.11.2025
Yangi Zelandiya
Yangi Zelandiya ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Mamlakat parlamenti o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqchi.
16:11 / 23.10.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang