Niderlandiya hukumati 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslikni tavsiya qildi
Niderlandiya rasmiylari bolalarni raqamli dunyo ta’siridan himoya qilish maqsadida, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga TikTok, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklashni tavsiya qilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, ota-onalarni farzandlarining elektron qurilmalardan foydalanish vaqtini cheklashga chaqirdi.
- Bolalarga mobil qurilmalarda o‘tkazadigan vaqtni keskin cheklash;
- Bolalar yotoqxonalarida ekranli qurilmalarni taqiqlash;
- 13 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga umuman ruxsat berilmasligi ta’kidlanmoqda.
Niderlandiya Sog‘liqni saqlash vazirligi va parlament ekspertlari ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt o‘tkazish:
- uyqu buzilishi;
- depressiya;
- xavotir, hatto panik hujumlar kabi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Ayni paytda Niderlandiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlangan. Biroq yangi tavsiyalar hozircha qonunan kuchga ega emas.
Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida ham o‘xshash tashabbuslar muhokama qilinmoqda. Avstraliya esa hozircha yagona mamlakat bo‘lib, u yerda 2024-yil noyabridan boshlab o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qonuniy ravishda taqiqlanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bugundan maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari boshlandi
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Endi maktabdagi rahbar xodimlar oylik maoshini yana oshirishi mumkin
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi
Endilikda Malayziya hamda Daniya hukumati ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Maqola
O‘zbekiston maktablarida mobil telefonlardan foydalanish 13 yil avvalgi norma bilan tartibga solinmoqda
O‘zbekiston Hukumati ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha yangi taqiqlar joriy etishni o‘ylab ko‘rganicha yo‘q.
Xorij ta'limi
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish butunlay taqiqlandi — Avstraliya
Dunyoda birinchi bo‘lib Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlanadi.
Yangi Zelandiya
Yangi Zelandiya ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Mamlakat parlamenti o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqchi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang