“PISA tadqiqotiga prezident maktablarini qo‘shishni O‘zbekiston tomon so‘ragan” — Andreas Shlyayxer

Avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi PISA 2025 natijalarini sun’iy oshirishda ayblangandi. Bu ayblovlar PISA 2025 tadqiqotida barcha prezident maktablarining ishtirok etayotgani bilan izohlangandi.
Shundan so‘ng bu mavzu doirasida turli xil bahslar boshlangandi. Xususan, ushbu ayblovlarga javoban vazir Hilola Umarova maktablarni tanlash jarayoniga vazirlik umuman aralashmasligini, vazirlikka ko‘zbo‘yamachilik kerak emasligini aytdi. Ammo vazirlik bu borada boshqa tushuntirish bermagandi.
Shundan so‘ng, “Gazeta.uz” nashri Parijdagi OECD shtab kvartirasiga murojaat qilib, O‘zbekistondagi PISA tadqiqotlarida barcha prezident maktablari ishtirok etayotgani yuzasidan izoh so‘radi.
PISA tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyayxer esa O‘zbekistondagi tadqiqotlarda barcha prezident maktablari qo‘shimcha guruh sifatida ishtirok etayotganini va ular umumiy natijaga ortiqcha ta’sir o‘tkazmasligini “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.
“Bu maktablarni qo‘shishni O‘zbekiston tomoni so‘ragan”, — degan u bergan izohida.
PISA tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyayxer “Gazeta.uz”ning O‘zbekistondagi PISA tadqiqotlarida barcha prezident maktablari ishtirok etayotgani yuzasidan yo‘llagan savollariga javob qaytardi.
Quyida Andreas Shlyayxerning “Gazeta.uz”ning savollariga jo‘natgan javoblarini o‘zbek tiliga o‘girilgan holda keltirib o‘tamiz:
PISA tadqiqoti uchun O‘zbekistondan ishtirok etayotgan tanlanma bo‘yicha so‘rovingiz uchun tashakkur. Quyida sizning savollaringizga javoblarimni yo‘llayapman:
— Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi 14 ta prezident maktabi va bir qancha ixtisoslashtirilgan maktablar ushbu ro‘yxatga kiritilgani rostmi?
— Ha, barcha 14 ta prezident maktabi PISAning standart, proporsional tanlanmasiga (sample) qo‘shimcha sifatida kiritildi.O‘zbekiston bo‘yicha mamlakat natijalarini tayyorlashda ushbu maktablarning tanlanmadagi ulushi oshib ketgani hisobga olinadi, shu sababli tadqiqot natijalari O‘zbekistondagi barcha o‘quvchilar holatini to‘g‘ri aks ettiradi. Prezident maktablarining natijalari faqat bu maktablardagi o‘quvchilarning mamlakatdagi jami o‘quvchilar soniga nisbatan ulushiga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
Bunday yondashuv PISA tadqiqoti uchun standart bo‘lib, mamlakatlar umumiy natijalarga qo‘shimcha ravishda muayyan turdagi maktablar yoki o‘quvchilar bo‘yicha natijalarni tahlil qilmoqchi bo‘lganda qo‘llaniladi. PISA natijalarni hisoblashda muayyan turdagi maktablar umumiy natijaga haddan tashqari katta ta’sir qilmasligi, mamlakat darajasidagi natijalar mamlakatdagi umumiy holatni aks ettirishi uchun tanlanmaga vazn berish (sampling weights) metodikasini qo‘llaydi.
Xususan, O‘zbekiston bo‘yicha tadqiqotlarda mamlakat hududi urbanizatsiya darajasi bo‘yicha 27 ta guruhga (strataga) bo‘lib olingan, shundan kelib chiqib PISA o‘quvchilarni tanlashda avval ushbu 27 guruhda qancha maktab/o‘quvchi bo‘lsa, shunga proporsional ravishda ulush ajratgan. Keyin esa 14 ta prezident maktabi qo‘shimcha guruh sifatida alohida kiritilgan. Ixtisoslashtirilgan maktablarga kelsak, maktablarning ixtisoslashuvi alohida guruhga bo‘lish uchun mezon qilib olinmagan, lekin har bir guruh ichida qo‘shimcha mezon sifatida olingan.
— Bu maktablar o‘quvchilari tadqiqot doirasidagi sinovlarda ishtirok etayotgani reprezentativlik jihatidan qanchalik to‘g‘ri?
— O‘zbekiston tomoni ushbu muassasalarning ta’lim natijalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun 14 ta prezident maktabini ham kiritishni so‘ragan.
Ular mutanosiblik (propotsionallik) tamoyili asosida olingan tanlanmaga qo‘shimcha tarzda kiritilgan, shuning uchun standart PISA tanlanmasi natijalarini buzmaydi va faqat o‘zlarining nomidan ishtirok etadi. Ularning o‘zi alohida guruh sifatida olingan bo‘lib, har qanday tahlil uchun PISA tanlanmasining qolgan qismidan osongina ajratib olinishi mumkin.
— O‘quvchilar intensiv tayyorgarlikdan o‘tadigan va o‘quv dasturlari oddiy maktablardan farq qiladigan prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini PISA tadqiqotiga jalb qilish tadqiqotning ishonchliligiga qanday ta’sir qiladi?
— Prezident maktablarining tadqiqot tanlanmasidagi ulushi oshib ketgan bo‘lsa ham, bu aynan shu maktablar samaradorligi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish maqsadida qilingan va O‘zbekiston bo‘yicha umumiy natijalarda prezident maktablari haddan ortiq vaznga ega bo‘lmaydi.
Xususan, ma’lumotlar tahlil uchun tayyor bo‘lganda, tanlanmadagi barcha o‘quvchilarga ularning mamlakatdagi umumiy o‘quvchilar sonidagi ulushiga mutanosib ravishda vazn beriladi. Bu esa natijalar O‘zbekistondagi PISA tadqiqotlarida qatnashish talablariga mos keluvchi barcha o‘quvchilarni to‘g‘ri aks ettirishini ta’minlaydi.
Comments 0
Please register to comment!
News

In two months, Uzbek students won 110 medals in subject Olympiads.

The winners of the "Zakovat" competition among schoolchildren have been determined.

Requirements for opening bank cards for school-age children will be developed.

Minister Hilola Umarova has been appointed a new deputy.
News on the topic

“Vazirlikka haqqoniy tahlil, natijalar kerak, ko‘zbo‘yamachilik emas” — Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi PISA 2025 natijalarini sun’iy oshirishda ayblandi. Bu ayblov PISA 2025 tadqiqotida barcha Prezident maktablari “tasodifiy” tanlab olinganligi bilan izohlangan.

The pilot phase of the PIRLS 2026 study will begin in April
It was announced that pilot testing of the PIRLS 2026 study will be conducted in 30 schools in Uzbekistan in April-May.

The number of schools from Uzbekistan participating in the PISA 2025 study has been announced
It is planned that 2.29% of all schools will participate in it

Did students from Uzbekistan show a low result in the TIMSS study?
TIMSS 2023 results announced
Edit your comment