Top.Mail.Ru
Attestatsiya masalasi bilan Prezident administratsiyasi shug‘ullanadi

The website texts are translated by Google, errors possible!

Attestatsiya masalasi bilan Prezident administratsiyasi shug‘ullanadi

17:04 / 19.02.2026 6.03k

Avvalroq, attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘qituvchilar bilan bog‘liq masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llangani haqida xabar bergandik.


Murojaatchi, Jalol Boltayevning ma’lum qilishicha, murojaatda ko‘tarilgan masalani o‘rganib chiqish Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatiga yuklatilgan.


“Odatda ariza yoki shikoyat yuborilganda, masala qaysi tizim vakolatiga kirsa, hujjat o‘sha tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborilardi. Bu safar esa murojaat Prezident administratsiyasining o‘zida qolib, bevosita ularning nazorati ostiga olingan”, - deydi murojaatchi.

Bu masalani kimlar o‘rganib chiqadi?


Agar sobiq Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova ishdan olinmaganida hozir bu masala bilan bevosita uning o‘zi shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelardi.



Ammo, joriy yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


Uning  o‘rniga esa Ilxom Siradjev Toxirovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.



5 oy avval u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyishi bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga ishga o‘tgandi.


Ilxom Siradjev uzoq yillar davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departamenti direktori lavozimida ham ishlagan.


Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Yuliya Vasilyevna Risyukova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi. U shu vaqtga qadar Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.



Demak, attestatsiyaga oid masala shaxsan Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilxom Siradjev nazoratida bo‘ladi. Shuningdek, Yuliya Risyukova ham bu masala bilan shug‘ullanishi mumkin.


Ammo, natija qanday bo‘lishini oldindan taxmin qilish qiyin. Sud qarorlari ilgari o‘qituvchilar zarariga chiqqani hisobga olinsa, Administratsiya tekshiruvi yakunida ham natijalar o‘zgarishsiz qolishi ehtimoli bor.


Lekin, maktab darsligidagi tarixiy xatolik va shu xato fakt asosida tuzilgan attestatsiya testi ortidan AQShning Pensilvaniya universiteti tarixchi-pedagogi, shuningdek, ispaniyalik olimlardan bir qancha xatlar yetib kelganini ham unutmaslik kerak. Agar Prezident Administratsiyasi ushbu dalillarni inobatga olib ish yuritsa, yakuniy qaror o‘qituvchilar foydasiga hal bo‘lishi ham mumkin.


Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11-fevral kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan tarix fani o‘qituvchilari kiritgan apellyatsiya shikoyati ham sudda ko‘rilmasdan qoldirildi.


Ammo, attestatsiya bilan bog‘liq mojaro xorijga ham yetib bordi. Maktab darsligidagi tarixiy xatolik va shu xato fakt asosida tuzilgan attestatsiya testi ortidan AQShning Pensilvaniya universiteti tarixchi-pedagogi, shuningdek, ispaniyalik olimlar hamda bir qator xorijiy OAVlar ham mazkur masalani muhokama qila boshladi.

Comments 1

Show more
Please register to comment!

Author of the article

Ulugbek Pulatov

Ulugbek Pulatov

Project founder

Tegs

  • Attestation
  • Court case

Share

line

News on the topic

Do you know?

Kuzgi pedagog kadrlar attestatsiyasi qay tartibda o‘tkaziladi?

Pedagoglar uchun attestatsiya jarayoni qanday tashkil etiladi? Test sinovida nechta va qanday topshiriqlar beriladi, har bir bosqichda pedagoglar qanday baholanadi, testga nimalarni olib kirish mumkin emas, test natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog qanday tartibda apellyatsiya berishi mumkin? Quyida pedagoglar uchun eng muhim jihatlarni tushuntiramiz.

12:22 / 26.09.2026
Do you know?

Attestatsiyaga ariza yuborish yakunlanishiga 5 kun qoldi

Xabaringiz bor, 2026-yil 1-avgustdan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish boshlangan bo‘lib, murojaat yuborish 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.

17:23 / 25.09.2026
News

Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?

Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.

13:45 / 16.09.2026
News

Court Verdict Issued Against Individuals Who Organized an Illegal Scheme to Help Teachers Pass Attestation

Earlier, we reported that a number of illegal activities carried out with the aim of helping teaching staff pass attestation and professional certification had been exposed. Criminal proceedings were initiated against the individuals involved under Article 210, Part 2, Clause “g” of the Criminal Code, and investigative proceedings were launched.

16:33 / 14.09.2026