Attestatsiya masalasi bilan Prezident administratsiyasi shug‘ullanadi
Avvalroq, attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘qituvchilar bilan bog‘liq masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llangani haqida xabar bergandik.
Murojaatchi, Jalol Boltayevning ma’lum qilishicha, murojaatda ko‘tarilgan masalani o‘rganib chiqish Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatiga yuklatilgan.
“Odatda ariza yoki shikoyat yuborilganda, masala qaysi tizim vakolatiga kirsa, hujjat o‘sha tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborilardi. Bu safar esa murojaat Prezident administratsiyasining o‘zida qolib, bevosita ularning nazorati ostiga olingan”, - deydi murojaatchi.
Bu masalani kimlar o‘rganib chiqadi?
Agar Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova lavozimidan ozod qilinmaganida, ayni masalani hal qilish bilan bevosita uning o‘zi shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelardi.
Ammo, joriy yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga esa Ilxom Siradjev Toxirovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
5 oy avval u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyishi bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga ishga o‘tgandi.
Ilxom Siradjev uzoq yillar davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departamenti direktori lavozimida ham ishlagan.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Yuliya Vasilyevna Risyukova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi. U shu vaqtga qadar Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Demak, attestatsiyaga oid masala shaxsan Ilxom Siradjev nazoratida bo‘ladi. Shuningdek, Yuliya Risyukova ham bu masala bilan shug‘ullanishi mumkin.
Ammo, natija qanday bo‘lishini oldindan taxmin qilish qiyin. Sud qarorlari ilgari o‘qituvchilar zarariga chiqqani hisobga olinsa, Administratsiya tekshiruvi yakunida ham natijalar o‘zgarishsiz qolishi ehtimoli bor.
Lekin, maktab darsligidagi tarixiy xatolik va shu xato fakt asosida tuzilgan attestatsiya testi ortidan AQShning Pensilvaniya universiteti tarixchi-pedagogi, shuningdek, ispaniyalik olimlardan bir qancha xatlar yetib kelganini ham unutmaslik kerak. Agar Prezident Administratsiyasi ushbu dalillarni inobatga olib ish yuritsa, yakuniy qaror o‘qituvchilar foydasiga hal bo‘lishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11-fevral kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan tarix fani o‘qituvchilari kiritgan apellyatsiya shikoyati ham sudda ko‘rilmasdan qoldirildi.
Ammo, attestatsiya bilan bog‘liq mojaro xorijga ham yetib bordi. Maktab darsligidagi tarixiy xatolik va shu xato fakt asosida tuzilgan attestatsiya testi ortidan AQShning Pensilvaniya universiteti tarixchi-pedagogi, shuningdek, ispaniyalik olimlar hamda bir qator xorijiy OAVlar ham mazkur masalani muhokama qila boshladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
Mazkur loyihaning qabul qilinishi pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirmaydi, balki yangi muammolar va yuridik kolliziyalarni yaratish orqali ortga tortadi.
Yangiliklar
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Malaka sinovlarini amaliy imtihon shaklida o‘tkazish reja-jadvali hamda hududiy ishchi guruhlar va baholash komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Yangiliklar
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang