Endi bog‘chalardagi o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar 5+1 dasturi asosida oliygohda o‘qishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 24.06.2026 yildagi “Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tajriba asosida bakalavrlar tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 321-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun quyidagi tartib joriy etiladi:
- haftada 1 kun pedagogika oliy ta’lim tashkilotida;
- 5 kun maktabgacha ta’lim tashkilotida to‘lov-shartnoma asosida mazkur yo‘nalishda bakalavriat bosqichida dual ta’lim shaklida o‘qish.
Bunda davlat va (yoki) nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida kamida uch yil davomida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar OTM bakalavriatiga o‘tkazilayotgan test sinovlari asosida qabul qilinadi.
Dual ta’lim shaklida maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlariga faqat tegishli hududdagi bog‘chalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar qabul qilinadi.
Qarorga muvofiq, dual ta’lim shaklida maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan 15 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasi belgilangan.
Bu muassasalar O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasini qamrab oladi
- O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti (Toshkent shahri)
- Nukus davlat pedagogika instituti (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
- Andijon davlat pedagogika instituti (Andijon viloyati)
- Buxoro davlat pedagogika instituti (Buxoro viloyati)
- Jizzax davlat pedagogika universiteti (Jizzax viloyati)
- Shahrisabz davlat pedagogika instituti (Qashqadaryo viloyati)
- Namangan davlat pedagogika instituti (Namangan viloyati)
- Navoiy davlat universiteti (Navoiy viloyati)
- Samarqand davlat pedagogika instituti (Samarqand viloyati)
- Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti (Samarqand viloyati)
- Guliston davlat pedagogika instituti (Sirdaryo viloyati)
- Termiz davlat pedagogika instituti (Surxondaryo viloyati)
- Chirchiq davlat pedagogika universiteti (Toshkent viloyati)
- Urganch davlat pedagogika instituti (Xorazm viloyati)
- Qo‘qon davlat universiteti (Farg‘ona viloyati).
Shuningdek, qaror bilan pedagog kadrlar tayyorlaydigan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan bakalavrlarning bilimlari har yili tasdiqlangan reja-jadval asosida tashqi diagnostika orqali baholab boriladi.
2028/2029-o‘quv yilidan O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, 2029/2030-o‘quv yilidan esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagogika OTMlarida xalqaro dasturlar bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari yakuniy davlat attestatsiyasi bilan birga kasbiy sertifikatlash sinovlarida bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Comments 2
Please register to comment!
News
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi tugatildi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
News on the topic
Preschool education
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplab beriladi.
Higher education
1-oktaybrdan xususiy universitetlarga qabul yopiladi
O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari yakunlanishiga sanoqli kunlar qoldi.
Do you know?
Information in Uzbek only
Information in Uzbek only
Higher education
O‘zbekiston hindistonlik talabalarni qabul qilishga taqiq qo‘ydimi?
Ayni vaqtda hindistonlik talabalarning O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishiga cheklovlar qo‘yilgan. Mazkur cheklov nima sababdan, qanday maqsadda qo‘yilgani hozircha noma’lum.
English
Edit your comment