O‘quvchilarga berilgan darsliklarni kim nazorat qilib borishi kerak?
Savol
O‘quvchilarga foydalanish uchun berilgan darsliklarning nazorati kimga yuklatilgan? Ya’ni, darsliklarga jild qilinmasligi, yaxshi tutmaganligi uchun o‘quvchilarni kim nazorat qiladi demoqchiman. Sinf rahbarmi? Kutubxonachimi? Fan o‘qituvchisimi?
Javob
2014-yil 28-aprelda “Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligidan 2577-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Ushbu nizomning 9-bob, 95-bandiga ko‘ra, darsliklar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, shuningdek o‘quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta’lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi. Mazkur nizom bilan kutubxonachilarning ish natijalarini baholash mezonlari ham belgilangan.
Quyidagilar kutubxonachilarning ish natijalarini baholash mezonlari hisoblanadi:
- mavjud darsliklar va O‘MQlarni umumta’lim maktabining kutubxona jamg‘armasiga qabul qilish va hisobdan chiqarish bo‘yicha dalolatnomalarning to‘g‘ri tuzilganligi va saqlanayotganligi;
- umumta’lim maktabining kutubxona jamg‘armasida ish kitoblarining to‘liq va to‘g‘ri yuritilganligi;
- umumta’lim maktabining kutubxona jamg‘armasida mavjud darsliklar va O‘MQlardan foydalanish holatining tahlil qilinganligi;
- darsliklar va O‘MQlar zarur sharoitlarda va tartibli saqlanayotganligi;
- umumta’lim maktabining kutubxona jamg‘armasidagi darsliklar va O‘MQlar o‘z vaqtida xatlovdan o‘tkazilganligi;
- foydalanish muddati tugagan darsliklar va O‘MQlar umumta’lim maktabining kutubxona jamg‘armasidan o‘z vaqtida hamda to‘liq hisobdan chiqarilganligi;
- o‘quvchilar va o‘qituvchilar orasida darsliklar va O‘MQlarni avaylab-asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish samaradorligi;
- o‘z faoliyatida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanganligi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
O‘qituvchilarga 100 va 30 foizlik ustamalar beriladigan tizim yo‘lga qo‘yiladi
Endilikda boshlang‘ich sinflar uchun alohida fan olimpiadasi joriy qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Maktab darsliklari mazmuni qayta ko‘rib chiqilib, yangilash jarayoni davom ettiriladi
Avvalgi darsliklarda aniqlangan muammolar, yangi avlod darsliklarini yaratishda xorij tajribasidan foydalanilishi, darsliklar islohoti xronologiyasi, 2027-yilgacha tayyorlanishi rejalashtirilgan o‘quv materiali hamda bu jarayonga yo‘naltirilayotgan mablag'lar — bugungi maqolada shu jihatlar qisqacha tahlil qilinadi.
Ta'lim siyosati
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
2027-yildan boshlab, qonun kuchga kirgach, birinchi sinf uchun darsliklarni har qanday holatda ham yangi alifbodan foydalangan holda chop etiladi.
Yangiliklar
O‘zbekistondagi tarix darsliklari Rossiya talabiga ko‘ra qayta tahrirlanadimi?
Rossiya darsliklardagi tarixni “yaxshilash” niyatida – O‘zbekiston bunga rozi bo‘lganmi?
Yangiliklar
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
2026-yilda maktab darsliklari uchun 1 trln 985 mlrd so‘m yoki 2025-yilga nisbatan 53 foiz ko‘p mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang