Maktabdagi “zavuch” lavozimi tugatilyaptimi?
Savol
MMTBlardagi buxgalterlik hamda maktablardagi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi tugatilib, mazkur lavozim yuklamasi maktab menejerlariga yuklatilishi haqidagi xabarlar qanchalik asosli?
Javob
Haqiqatdan ham ijtimoiy tarmoqlarda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlaridagi buxgalter hamda umumta’lim muassasalaridagi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi tugatilishi haqida xabarlar tarqalgan.
Tarqalgan xabarlarda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi tugatilishi hisobiga ularning lavozimi kadrlar bo‘yicha menejerlarga yuklatilib, ularning oylik maoshi 8 mln so‘mga oshirilishi aytilgan.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida xalqtaliminfo.uz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bog‘landi.
Vazirlik mulozimning xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, ushbu xabarlar asossiz bo‘lib, mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilarning malaka toifasi hisobga olingan holda ustama ballari qayta hisoblanadi
Oliygoh bitiruvchilari sifati indeksida ta’lim yo‘nalishi yetakchi uchlikdan joy oldi
Maktab direktori lavozimi uchun 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olindi
2026-yil sentyabrga qadar maktablarga 2000 nafar “til egalari” jalb qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar
Bilasizmi?
Shtatlar qisqarganda ham ayrim toifadagi xodimlarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi
Ko‘pchilik qisqarishga tushayotgan xodimlar uchun mehnat qonunchiligida qanday imtiyoz va kafolatlar borligi haqida to‘liq ma’lumotga ega emas.
Yangiliklar
Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi
Psixolog, kutubxonachi va laborant lavozimlari qisqartirildi
Yangiliklar
Homilador pedagogni shtatlar qisqarishi munosabati bilan ishdan bo‘shatish — jinoyat
Homilador ayolga shtatlar qisqarishi munosabati bilan ogohlantirish xati berilgan. Bu holat 2025-yil 1-oktyabrdan maktab maslahatchisi lavozimining joriy etilishi munosabati bilan, direktor o‘rinbosarlarining shtati maqbullashtirilishi ortidan sodir bo‘lgan.
So'ragan edingiz
Barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatishyapti, shu to‘g‘rimi?
Ta’lim muassasalaridagi barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatish qonunchilikka zid.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang