Maktabdagi tanaffuslar vaqtini MMTB xodimlari belgilashi to‘g‘rimi?
Savol
Bizning maktabda darslar oralig‘idagi tanaffuslar vaqti 10 daqiqa, katta tanaffus esa 30 daqiqa etib belgilangan. Odatda katta tanaffuslar 4-soatdan keyin beriladi.
Lekin, MMTB xodimi bir haftadan buyon maktabimizni tekshirib, sizlar qonunga xilof ish qilgansizlar, aslida kichik tanaffuslar 5 daqiqadan oshmasligi, katta tanaffus esa 15 daqiqa bo‘lishi kerak deb bizga tazyiq o‘tkazyapti. Uning harakatlari qonuniymi?
Javob
Avvalam bor, ta’lim muassasasini tekshirmoqchi bo‘lgan MMTB xodimi maktabni tekshirish uchun asoslantiruvchi hujjatlarni ya’ni, xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarni maktab ma’muriyatiga taqdim qilishi kerak.
Agar MMTB xodimi tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarga ega bo‘lmasa, maktab rahbariyati ta’lim muassasasida tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslikka haqli.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatilgan.
Tanaffuslar masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-mart kungi 140-qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Unga ko‘ra, dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5-10 daqiqa, o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffus (katta tanaffus)ning davomiyligi esa — 15-30 daqiqa etib belgilanishi mumkin.
Ya’ni, maktab ma’muriyati o‘zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, tanaffusning davomiyligini 10 daqiqa, katta tanaffuslarni esa 30 daqiqa etib belgilashga haqli.
Zaruriyat tug‘ilganda pedagogik kengashning qarori bilan yuqorida tilga olib o‘tilgan nizom talablaridan kelib chiqib, maktab ma’muriyati tanaffuslar davomiyligini yana o‘zgartirishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, MMTB xodimi ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiya jarayoniga asossiz ravishda aralashishi qonunchilikka zid.
Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasida pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Ushbu qilmishlarni sodir etgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Toshkent Prezident maktabi nufuzli mukofot va 150 ming dollarlik grantni qo‘lga kiritdi
Baho ortidan o‘qituvchiga bosim o‘tkazgan ota-ona jarimaga tortildi
Pedagoglarga mo‘ljallangan imtiyozli avtokreditlar qay tartibda beriladi?
Hilola Umarova nima uchun xorijdan “til egalari” olib kelinganini izohladi
Mavzuga doir yangiliklar
Ota-onalar o‘qituvchining darsini kamerada kuzatib turishi mumkinmi?
Dars jarayoniga aralashish mumkin emas
O‘qituvchidan qog‘oz ko‘rinishdagi yillik taqvim-mavzu reja talab qilinishi to‘g‘rimi?
O‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
To‘garak yillik ish rejasini avvaldan tuzib olinishi to‘g‘rimi?
Tavsiya sifatida aytadigan bo‘lsak, iqtidorli hamda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan shug‘ullanish bo‘yicha tuziladigan ish reja dars jarayonida shakllantirib borilishi lozim.
Izohingizni tahrirlang