Musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga yangi tartibda toifa berish tartibi qachondan boshlanadi?
Savol
Musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari ikki bosqichda toifa olishi belgilanibdi. 1-bosqich MMTV, 2-bosqich Madaniyat hamda Sport vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan bo‘libdi.
Endi savol: Ushbu ikki bosqichdagi yangi tizim kelasi o‘quv yilidan (2025-2026) amalga oshiriladimi yoki kelayotgan bahorgi attestatsiyadan o‘tishda amaliyotga kiritiladimi?
Aniqlik kiritishda yordam bersangiz. Sababi, biz shunga qarab tayyorgarlik ko‘ramiz-da, to‘satdan amaliyotga kiritilsa, attestatsiyadan o‘tish imkoni pastlab ketishi mumkin.
Javob
Joriy yilning 15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-391-sonli qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, endilikda musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga ikki bosqichda toifa berish tartibi ishlab chiqilib, birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy (ijodiy) imtihon Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilishi belgilandi.
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga toifa berishning yangi, ikki bosqichli tartibiga ko‘ra, birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) esa Sport vazirligi tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Endi ushbu tartibning qachon joriy etilishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Prezidentning PQ-391-sonli qarorining 5-bandida tegishli vazirliklarga uch oy muddatda musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga malaka toifalarini berish tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Demak, yangi tartib fevral oyida to‘liq ishlab chiqiladigan bo‘lsa, amaliyotga bahorgi attestatsiyadan boshlab joriy qilinishi ham mumkin.
Ammo mazkur tartib joriy qilinishi uchun Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga ham qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish kerak bo‘ladi.
Hujjatga fevral oyida o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda ham yangi tartib bahorgi attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglarga nisbatan tatbiq qilinmasligi mumkin.
Chunki, joriy yilning 6-yanvar kunidan boshlab yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish boshlangan. Amaldagi tartib bo‘yicha hujjat topshirgan pedagoglar esa yangi tartibda attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.
Eng aniq xulosalar va yangi tartibning qachondan boshlab joriy etilishi hamda kimlarga nisbatan tatbiq etilishi haqidagi aniq ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga kiritilgan o‘zgarishlarda ko‘rsatib o‘tiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlari sanalari belgilandi.
“Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan pedagoglar ishdan olinadi” — pedagoglarga bosim o‘tkazilmoqda
Navbatdan tashqari attestatsiyaga ariza topshirgan pedagoglarga (asosan bog‘cha tarbiyachilariga) arizasini qaytarib olish, arizasini qaytarib olmaganlar yoki malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmaganlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularga turli xil bosim o‘tkazish holati aks etgan xabarlar tarqalmoqda.
Attestatsiya
Vazirlik attestatsiya testlarini pullayaptimi?
Tahririyatga murojaat yo‘llagan pedagoglardan birining aytishicha, o‘tgan yildan buyon alohida sinov.uz platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har bir fandan test ishlash uchun alohida narxlar belgilab qo‘yilgan.
Maqola
“Tanaffus” podkastidagi bahs qanday oʻtdi
Tarixchilar oʻrtasidagi bahsni koʻrgach, bu haqdagi tahlillarini tanqidiy fikrlash boʻyicha mutaxassis, "Ta'lim tahlili" loyihasi eksperti Otabek Rahmonberganov ayni shu mavzuda maqola tayyorladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang