Top.Mail.Ru
PISA 2025 tadqiqotida O‘zbekistondan ishtirok etadigan maktablar soni ma’lum bo‘ldi

PISA 2025 tadqiqotida O‘zbekistondan ishtirok etadigan maktablar soni ma’lum bo‘ldi

12:17 / 19.01.2025 35.72k

O‘zbekiston ikkinchi bor Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (PISA) ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan o‘tkaziladigan PISA tadqiqotiga ilk bor 2022-yilda qo‘shilgandi.


PISA testlari maktab o‘quvchilarining haqiqiy hayotda kerak bo‘ladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini qay darajada egallayotganini, ta’lim tizimining bu o‘zgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.


PISA tadqiqotida asosan savodxonlikning uchta yo‘nalishi: o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha 80 dan ortiq davlatdan bo‘lgan 15 yoshdagi o‘quvchilarning ko‘nikmalari va bilimlaridan foydalanish qobiliyati baholanadi.


Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etadigan maktablar va ularning sonini tasdiqlash to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i imzolangan.


Ma’lumotlarga ko‘ra, PISA 2025 tadqiqotida jami 233 ta ta’lim muassasasi qatnashib, ulardan 17 tasi Prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktablar, 4 ta xususiy maktab, 1 ta maktab-internati, 1 ta harbiy musiqa akademik litseyi, 1 ta respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash maktabi hamda 209 tasini oddiy umumiy o‘rta ta’lim maktablari tashkil etmoqda.


PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etayotgan maktablar soni hududlar kesimida taqqoslaganda, Toshkent shahridagi maktablar ulushi (52 ta) boshqa hududlarga qaraganda eng yuqori, Sirdaryo viloyatidagi maktablar (4 ta) ulushi esa kamroq ekanligini ko‘rishimiz mumkin.


PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etayotgan maktablarning hududlar kesimidagi soni quyidagicha


  • Toshkent shahridan 52 ta;


  • Samarqand viloyatidan 23 ta;


  • Namangan viloyatidan 21 ta;


  • Farg‘ona viloyatidan 21 ta;


  • Qashqadaryo viloyatidan 20 ta;


  • Andijon viloyatidan 19 ta;


  • Toshkent viloyatidan 15 ta;


  • Xorazm viloyatidan 12 ta;


  • Surxondaryo viloyatidan 15 ta;


  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 11 ta;


  • Buxoro viloyatidan 10 ta;


  • Jizzax viloyatidan 10 ta;


  • Sirdaryo viloyatidan 4 ta.


Ma’lumot uchun: PISA tadqiqotida har bir davlatdan qatnashadigan maktablar soni xalqaro talablar asosida belgilanadi. Bunda tadqiqotda ishtirok etayotgan mamlakatdan jami maktablarning kamida 2 foizi ishtirok etishi kerak. Bundan tashqari, minimal ishtirokchilar soni sifatida 150 ta maktab va 6 000 nafar o‘quvchi belgilangan.


Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rishimiz mumkinki, PISA 2025 tadqiqotida O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarining 2,29 foizi ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 7

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • PISA

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

PISA

Bugungi o‘quvchi — ertangi iqtisodiyot: PISA nimadan ogohlantirmoqda?

Bugungi maqolada esa PISA-2025 natijalariga shunchaki ta’limdagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari sifatida emas, balki kelajakdagi iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omil sifatida qaraladi.

12:44 / 15.09.2026
Ta'lim siyosati

O‘zbekistonning PISA 2025 xalqaro tadqiqotidagi natijalari e’lon qilindi

O‘zbekistonning tabiiy fanlar bo‘yicha o‘rtacha natijasi 438 ballni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich OECD mamlakatlari o‘rtacha natijasi — 482 balldan 44 ball past. Biroq O‘zbekistonning PISA 2022-yildagi tabiiy fanlar natijasi bilan taqqoslaganda o‘sish juda katta bo‘lgan: +83 ball. Shu sababli, OECD O‘zbekistonni 2022–2025-yillar oralig‘ida tabiiy fanlar bo‘yicha natijasi oshgan mamlakatlar qatoriga kiritgan.

17:29 / 08.09.2026
Yangiliklar

“PISA tadqiqotiga prezident maktablarini qo‘shishni O‘zbekiston tomon so‘ragan” — Andreas Shlyayxer

Avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi PISA 2025 natijalarini sun’iy oshirishda ayblangandi. Bu ayblovlar PISA 2025 tadqiqotida barcha prezident maktablarining ishtirok etayotgani bilan izohlangandi.

14:05 / 14.05.2025
Ta'lim siyosati

“Vazirlikka haqqoniy tahlil, natijalar kerak, ko‘zbo‘yamachilik emas” — Hilola Umarova

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi PISA 2025 natijalarini sun’iy oshirishda ayblandi. Bu ayblov PISA 2025 tadqiqotida barcha Prezident maktablari “tasodifiy” tanlab olinganligi bilan izohlangan.

17:50 / 11.05.2025