Jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga sport maktabi trenerlari biriktiriladi
Bugun, 13-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida maktab o‘quvchilarini sportga jalb etishning bugungi holati ham talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Endi har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari bo‘yicha kamida 1 tadan to‘garak bo‘lishi shartligi belgilandi.
Buning uchun Sport vazirligi o‘z tizimidagi barcha sport maktablari trenerlarini umumta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga biriktiradi.
Federatsiyalar har bir tumanda bittadan umumta’lim maktabini tanlab, o‘z yo‘nalishidagi sport turiga moslashtiradi. Ularni malakali murabbiy va sport inventarlari bilan ta’minlaydi.
Maktablar o‘rtasida olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilinadi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilar seleksiya qilib boriladi, maktablar esa kerakli sport inventari bilan ta’minlanadi.
Natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari alohida rag‘batlantiriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga prorektor tayinlandi
Hilola Umarova o‘qituvchilarga va’da qilingan imtiyozlar haqida nima deydi?
2026-yilda xorijlik pedagoglar soni 2000 nafarga yetkazilib, turar joy bilan ta’minlanadi
O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib jamoaga “Damas” beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
O‘z faoliyatida ijobiy natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi.
Maqola
Maktablarda voleybolni rivojlantirish nima beradi?
Voleybol mashg‘ulotlari nafaqat o‘quvchilarning individual rivojlanishiga, balki butun sinf va maktab muhitining yaxshilanishiga ham xizmat qiladi.
So'ragan edingiz
Maktab sport zalida pullik to‘garak ochish mumkinmi?
Ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini oshish mumkin.
Yangiliklar
Vazir Hilola Umarova 2025-yil rejalarini Prezidentga taqdimot qilib berdi
Bu Hilola Umarovaning vazir lavozimiga tayinlangandan buyon 6-taqdimoti hisoblanadi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang