O‘tgan yili malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yili uchun ustamaga ball beriladimi?
Savol
Men 2024-yil mart oyida bir haftalik malaka oshirish kursida o‘qib sertifikat oldim, endi 2025-2026-o‘quv yili uchun ustamaga hujjatlarimni taqdim qilsam, malaka oshirish bo‘limiga ball beriladimi? Yoki muddatingiz mart oyigacha deb ball berilmaydimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 6-bob, 21-bandiga ko‘ra pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.
Bunda pedagog xodim belgilangan reja asosida malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi uchun quyidagicha ball beriladi:
- o‘z vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan bo‘lsa – 0 ball;
- malaka oshirish kurslari yakuniga ko‘ra yakuniy attestatsiyadan o‘ta olmagan va tegishli sertifikatga ega bo‘lmasa – 2 ball;
- o‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lsa – 10 ball.
Bunda pedagog xodimga yangi o‘quv yili uchun ustama tayinlashda, uning o‘tgan yili malaka oshirishdan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lganligi asos hisoblanadi.
Umumiy xulosa shuki, yuqoridagi vaziyatda pedagog xodimga 2025-2026-o‘quv yili uchun tayinlanadigan ustamaga maksimal 10 ball berilishi kerak deb hisoblaymiz.
Izohlar 11
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktab kutubxonalari holati ayanchli ahvolga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi
Oliygoh bitiruvchilarining bandlik darajasi haqidagi tahlillar e’lon qilindi
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
“Qizil” maktabda ishlayotgan o‘qituvchining shartnoma muddati tugasa nima bo‘ladi?
Shartnoma belgilangan talablarga mos tushmasa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb topiladi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashning to‘liq tartibi qanday?
Pedagog xodimlar ish faoliyati 9 ta mezon bo‘yicha, jami 100 ballik tizimda baholanadi. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga ustama haq belgilanadi.
To‘garak o‘tgan o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun hujjat topshirgandim. Ish faoliyatim davomida bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlab to‘garak o‘tganman. Ammo “zavuch” bilan direktor unga hech qanday ball berilmaydi deyapti, shu to‘g‘rimi?
O‘qituvchilarning malaka toifasi hisobga olingan holda ustama ballari qayta hisoblanadi
Ishchi guruhlar pedagoglarga qo‘yilgan ballarni qayta hisob-kitob qiladi hamda zarur hollarda ustama tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang