“Pravasiz” avtomobil boshqargan o‘quvchi YTH oqibatida vafot etdi
Samarqand viloyatidagi maktablarning birida 11-sinfda tahsil o‘quvchi o‘quvchi Lacetti rusumli avtomobilda YTHga uchrab, vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 12-fevral kuni, soat 12:30 da Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Nogahon MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda 2007-yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasini olmagan, 54-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Lacetti rusumli avtomobilini Jarqo‘rg‘on-Nogahon yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, e’tiborsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi.
Natijada, tan jarohatlari olgan o‘quvchi Jomboy tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlarning ko‘rsatgan tibbiy yordamiga qaramasdan, o‘quvchi shifoxonada vafot etgan.
Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, hodisa sodir bo‘lgan mahalladagi o‘quvchining tahsil olgan 54-umumta’lim maktabida Samarqand viloyati IIB, jamoat xavfsizlik xizmati, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shavkat Bayxurazov boshchiligida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalla yettiligi, mutasaddi tashkilot rahbarlari, umumta’lim maktabi direktori va sinf rahbarlari, maktab o‘quvchilari hamda keng jamoatchilik ishtirokida tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida yo‘l harakati qoidalarini sinf rahbarlarining tarbiyaviy soatlarida yaxshiroq o‘qitilishi lozimligi ta’kidlangan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘zbekiston TIMSS 2027 va PISA 2029 tadqiqotida ham ishtirok etadi
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Yangiliklar
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchilari YTHga uchradi. Bir bola vafot etdi.
Yangiliklar
14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina avariyaga uchradi, haydovchi vafot etdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang