Attestatsiyada 80 ball yiqqan o'qituvchilar 6 mln so‘mlik vazir ustamasini olishi mumkin bo'ladi
Endi vazir ustamasini attestatsiyada umumiy ballning 80 foizini qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar olishi mumkin bo‘ladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Vazir jamg‘armasidan ustama berish tartibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Hukumatga yangi qaror loyihasini kiritganini ma’lum qildi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab barcha pedagoglar mazkur ustamani olishga da’vogarlik qilishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun esa talabgor pedagoglar malaka toifasi test sinovlarida qatnashishi kerak bo‘ladi.
Bunda malaka sinovlarining birinchi bosqich natijalariga ko‘ra umumiy ballning kamida 80 foizini qo‘lga kiritgan fan o‘qituvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari orasidan eng yuqori natijani ko‘rsatgan uchta nomzod (hududlar kesimida fan yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlangan har bitta kvota uchun) tanlab olinadi.
Ya’ni, kelgusi yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi uchun oʻtkaziladigan birinchi bosqich (test) sinovlari oʻtkazilmaydi. Buning uchun attestatsiya test natijalari hisobga o‘taveradi.
2026-yilgi Vazir jamg‘armasidan ustama olmoqchi bo‘lgan nomzodlar joriy yilgi malaka sinovlarida faol ishtirok etishlari lozim.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda vazir ustamasi saralash bosqichiga doir e’tirozlar ko‘payib borayotgandi.
Shuningdek, hududlardagi ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengashlar tomonidan tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan nomzodlarni saralash uchun vazirlik (Ishchi guruh)ga taqdim etishda ham shaffoflik mavjud emasdi.
Izohlar 17
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi
Endi o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sudlanmagan hisoblanadi
O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
O‘qituvchilar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbatan kamroq maosh olmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bu yil 1000 nafar o‘qituvchiga vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining joriy yil 30-maydagi 174-sonli buyrug‘i bilan 2025-yil uchun har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Yangiliklar
Pedagoglarga vazir ustamasi berishning yangi tartibi tasdiqlandi
Endilikda Vazir jamgʻarmasidan ustama olish uchun nomzodlarni saralab olishning birinchi bosqichi toifa testlari natijalari asosida amalga oshiriladi.
Yangiliklar
Bu yil ham vazir ustamasi kvotasi to‘lmadi, qayta test o‘tkaziladimi?
2025-yil uchun ajratilgan 1 500 ta kvotalar uchun 27 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatga olingan 4 499 nafar nomzodning 4 434 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.
So'ragan edingiz
Vazir ustamasi uchun o‘tkazilgan testdan norozilar nima qilishi kerak?
Test sinovlaridan norizo bo‘lgan pedagoglar 1-bosqich test natijalari e’lon qilingandan so‘ng besh ish kunida apellyatsiya yuborishi kerak bo‘ladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang