70% ustama oliy va birinchi malaka toifasiga ega hamda 86 ball to‘plagan o‘qituvchilarga beriladigan bo‘ldi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qarori imzolandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.
Yangi tartibga ko‘ra malaka toifasi test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagoglarga 70 foizlik ustama beriladi.
Bunda xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘landi.
Misol uchun, oliy toifali o‘qituvchining oylik ish haqi 4 mln so‘m bo‘lsa, va shu o‘qituvchi xalqaro sertifikatni ham olsa, uning maoshiga qo‘shimcha 70 foiz, ya’ni 2 mln 800 ming so‘m qo‘shilishi kerak bo‘ladi.
Shunda, oliy toifali, xalqaro standartlarga mos keladigan maxsus malaka sertifikatiga ega o‘qituvchining umumiy oylik maoshi 4 mln + 2 mln 800 ming = 6 mln 800 ming so‘mni tashkil qiladi.
Pedagoglar attestatsiyasiga oid yana bir yangilik joriy qilindi
Endilikda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) bo‘yicha malaka sinovidan ozod qilinadi.
Izohlar 20
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
Ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Kuzgi attestatsiya test sinovlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qachondan boshlab to‘lanishi haqida xalqtaliminfo.uz’ga o‘qituvchilar tomonidan savol yo‘llamoqda.
So'ragan edingiz
Ayrim o‘qituvchilar 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishi mumkinmi?
Bahorgi attestatsiyada qatnashib, birinchi malaka toifasiga hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kuzgi attestatsiyada ham qatnashib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lib qolsa-yu, ammo 86 ballik natija qayd etolmasa, unda 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
O‘z faoliyatida ijobiy natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi.
Yangiliklar
Endi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama uchun ball qo‘shib beriladi
Pedagog xodimlarga malaka toifasi darajasiga qarab, direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlanadigan ustama uchun 5 balldan 20 ballgacha qo‘shib beriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang