Deputatlar ham 5 kunlik o‘qish tizimi haqida gapira boshladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shaxnoza Xolmaxamatova “Ta’lim tizimini to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish rejimiga o‘tkazish” mavzusiga e’tibor qaratdi.
“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 40-moddasiga ko‘ra, har bir fuqaro davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega. “Mening fikrim” ana shu huquqni amalga oshirish uchun qulay va ochiq platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Hozirgi kunda “Mehnat munosabatlariga “platforma ishchilari” tushunchasini kiritish”, “Ota-onalar 100 ballik ta’lim tizimiga qarshi!”, “Ta’lim tizimini to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish rejimiga o‘tkazish” mavzusidagi murojaatlar “Mening fikrim” veb-portal orqali ko‘rib chiqilmoqda.
Murojaatlar ichida keng jamoatchilik muhokamasida bo‘lib turgan “Ta’lim tizimini to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish rejimiga o‘tkazish” mavzusida bo‘lib, bugungacha 153 829 ta ko‘rilgan hamda fuqarolar tomonidan 657 ta izoh qoldirilgan.
Mazkur murojaat 6 kun ichida jami 12 660 ta ovoz to‘plagan. Ovozlarning 12 527 tasi (98,9) qo‘llab-quvvatlovchi, 133 tasi (1,1%) qarshi ovozni tashkil etgan. Bugungi kunda ushbu murojaat 10 mingdan ziyod ovoz to‘plagani bois, Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Qabul qilinadigan qaror veb-portalda e’lon qilinadi.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, qonun loyihalarining hayotiy va aniq ijro mexanizmiga ega bo‘lishi zarur. Bu esa jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ilmiy tahlillar va platformalardan kelayotgan takliflarni hisobga olish orqali amalga oshadi”, deb yozmoqda deputat.
Deputatlarning ham bu borada fikr bildira boshlagani keng jamoatchilikda yana muhokamalarning boshlanishiga, soha mutaxassislari va ota-onalarda savollar, takliflar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Bu esa, o‘z navbatida, 5 kunlik ta’lim tizimiga o‘tish masalasini chuqurroq o‘rganish, tajribalarni tahlil qilish va uni amalda tatbiq etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zarurligini yuzaga chiqaradi.
Umuman olganda, deputatlarning bu masalaga aralasha boshlagani hozircha sukut saqlayotgan mas’ullar uchun uyg‘otuvchi signal bo‘lishi mumkin. Bu esa 5 kunlik ta’lim rejimiga o‘tish masalasi nafaqat og‘zaki muhokamalarda, balki real amaliy qarorlar bosqichiga o‘tishi ehtimolini ham oshiradi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
23-mart, dushanba - haftada 5 kun ishlaydiganlar uchungina dam olish kuni hisoblanadi. Davlat ta’lim tashkiloti xodimlari 6 kunlik ish haftasida ishlagani bois, ular uchun 23-mart rasman ish kuni hisoblanadi.
So'ragan edingiz
Ramazon oyida xodimlar ishdan vaqtliroq ketishlari mumkinmi?
Ro‘zador xodimlar 30 daqiqa vaqtliroq ketishlari mumkin...
So'ragan edingiz
14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?
Yangiliklar
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Prezident “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida” qarorni imzoladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang