Mashina haydagan maktab o‘quvchisi o‘z onasi va singlisining o‘limiga sababchi bo‘ldi
16 yoshli maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomashina suvga ag‘darilishi natijasida avtomashinada bo‘lgan ona va bola vafot etdi. Yana bir maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomashina esa 4-sinf o‘quvchisining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.
Joriy yil 23-mart kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro o‘zining boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik tajribasi yo‘q, 16 yashar qiziga ishonib topshiradi.
Haydovchining o‘rniga qizi, old o‘rindiqqa esa o‘zi o‘tiradi. Ahamiyatlisi shundaki, orqa o‘rindiqda qizning onasi va 10 yoshli singlisi ham bo‘lgan.
Voyaga yetmagan qiz avtomobilni ichki yo‘lda boshqarib ketayotib, yo‘lning xavfli burilish qismida o‘ng tomonga burilayotgan vaqtda tajribasizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidan oqib o‘tuvchi Andijon kanaliga tushib ketgan.
Hodisa oqibatida orqa o‘rindiqdagi kichik qizaloq va ona nafas yo‘liga suv tiqilishi tashxisi bilan vafot etishgan. Voyaga yetmagan haydovchi va unga ruxsat bergan otasi esa tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Yana Uchqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan ayanchli voqea
Joriy yilning 31-mart kuni tumandagi 23-maktabning 10-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinani uyidan olib chiqib boshqarib ketayotgan vaqtda harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tadi va aynan shu maktabning to‘rtinchi sinf o‘quvchisini urib yuboradi.
Hodisa oqibatida, afsuski, bola shifoxonada vafot etgan. Uchqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Yuqoridagi ikki hodisani ham erkatoy farzandlarining ota-onalari diqqat bilan ko‘rishlarini, xulosa qilishlarini istardik. Bolaning istaklarini bajarish imkoniyatingiz borligi yaxshi, ammo bu istaklar yoki o‘zingizga, yoki boshqa bir insonga katta zarar yetkazib qo‘yishi mumkinligini unutmang”, deyiladi viloyat IIB YHXB xabarida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat joriy etildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Yangiliklar
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchilari YTHga uchradi. Bir bola vafot etdi.
Yangiliklar
14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina avariyaga uchradi, haydovchi vafot etdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang