Top.Mail.Ru
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lajak pedagog kadrlarni ham o‘zi tayyorlamoqchi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lajak pedagog kadrlarni ham o‘zi tayyorlamoqchi

17:40 / 02.05.2025 5.37k

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi oliy ta’limni ham qamrab olmoqda. Respublikadagi jami 13 ta pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkazilmoqda.


Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.


Farmonga ko‘ra:


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi.


Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari -  Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimi joriy etiladi.


Universitet pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti sifatida ta’lim dasturlarini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish jarayonlarini muvofiqlashtiradi.


Mazkur farmon bilan respublikadagi jami 13 ta pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.


2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:


  • pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tashkil etilib, sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;


  • oliy pedagogik ta’lim yo‘nalishida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.


2026-2027-o‘quv yilidan boshlab:


  • pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida Universitetga ravishda boshqaruv tizimi takomillashtiriladi va xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etib boriladi;


  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika qilish tizimi joriy etiladi;

    Bunda talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikasi natijalariga ko‘ra pedagog kadrlar tayyorlash sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash cheklanishi mumkin.


  • alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Ta'lim siyosati

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Bilasizmi?

Yangi ta’lim vazirini tayinlash bo‘yicha qarorni kimlar qabul qiladi?

Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova hamda uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘iratboy Sharipov va uning o‘rinbosarlari ham lavozimidan ozod etilgan. Bu Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarining tugatilib, ularning negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilgani bilan bog‘liq.

22:47 / 03.10.2026
Ta'lim siyosati

O‘zbekiston ta’limi: ilk mustaqillik yillarini eslab…

Zamonaviy shakldagi maktablar O‘zbekistonda 1921-1922-yillarda tashkil etila boshladi. Unga qadar o‘zbek xalqi ta’lim tizimida bolalarga turli xil usullarda ta’lim berishga mo‘ljallangan “maktabxona”, “daloilxona”, “qorixona”, “madrasa”, “rus-tuzem maktabi”, “gimnaziya”, “jadid maktablari” kabi ta’lim maskanlari faoliyat yuritgan.

09:02 / 01.09.2026
Ta'lim siyosati

Boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish uchun Jahon banki 100 mln dollar ajratadi

2030-yilgacha 50 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktab rahbarlari va ta’lim tizimi ma’murlarining pedagogik hamda boshqaruv salohiyati oshiriladi. Yangi maktablar qurish va mavjudlarini kengaytirish orqali sifatli ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda boshlang‘ich maktablarda 27 mingta yangi o‘quv o‘rni yaratiladi.

17:30 / 01.07.2026
Yangiliklar

Endilikda o‘quvchi va talabalar natijalari maxsus platformaga kiritib boriladi

“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Bunda yoshlar o‘z natijasini platformaga kiritib boradi.

15:04 / 30.06.2026