Ta’lim tizimida ham murojaatlar hal bo‘lmagani uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar ko‘paygan

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Shavkat Mirziyoyev vazirlar va hokimlarni tanqid qilib, murojaatlar bilan ishlamayotganini aytdi. Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p murojaatlar orasida ta’lim sohasi ham mavjud. Umumiy murojaatlarning mingga yaqinida Prezidentning shaxsiy qabuli so‘ralgan.
“Ayniqsa, Toshkent shahri va Buxoroda mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlar ko‘payganini hokimlar qachon tahlil qilgan? Vazirlar va hokimlar murojaatlarga yechim bermasa, odamlar dodini kimga aytsin?
Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi turganini unutmasligimiz kerak!” - dedi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning “vazirga murojaat” portali ham ishlamayotgani, bir yildan buyon vazir portaliga kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan muntazam berib borilayotgan rasmiy axborot ham to‘xtab qolgani haqida xabar bergandik.
Shuningdek, ta’lim tizimida bir qancha muammoli holatlar kuzatilsa-da, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi biror marta ham matbuot anjumani o‘tkazmagani haqida aytgandik.
Undan tashqari Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning pedagoglar murojaatlari bilan qay darajada samarali ishlayotganini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma ham o‘tkazgan edik. Savol shunday edi:
Sizningcha, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘qituvchilar ovozini eshityaptimi?
7 832 nafar respondentlar ishtirok etgan so‘rovnoma natijalari esa ta’lim tizimidagi holatni ochiq ko‘rsatdi. Bu raqamlar o‘qituvchilarning murojaatlarini eshitib, ular bilan ishlash bo‘yicha muhim xulosalarni bermoqda.
- 54% – Yo‘q, o‘qituvchilar muammolari eshitilmayapti
- 33% – Ba’zi muammolar eshitiladi, lekin ko‘pchiligi e’tibordan chetda qolmoqda
- 13% – Ha, muammolar muntazam tinglanib, tezkor yechimlar berilmoqda.
Shu sababli, “Tanaffus” podkastining 18-sonida vazirlikning axborot siyosatini Kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva bilan tahlil qilgandik.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi, vazir holatni shaxsan nazoratga oldi

Gulnora Karimovaning musodara qilingan pullari qishloq maktablarini ta’mirlash uchun sarflanadi

Xorijiy til o‘qituvchilarining xursand bo‘lishiga hali erta...mi?

Ertadan o‘qituvchilar uchun bepul kinonamoyishlar boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev BMTda ham ta’lim masalasini ko‘tardi
Prezident o‘z nutqida pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etdi.

Ta’limga oid yangi o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda
8-sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’lim islohoti bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova Prezident Shavkat Mirziyoyevga ta’lim tizimini isloh qilish masalalari yuzasidan taqdimot qildi.

O'qituvchining oyligidan tortib, maktab formasi va maktab darsliklarigacha
Matbuot anjumanini Hilola Umarova ochib berdi

Vazir Hilola Umarova faoliyatiga ikki yil
Vazir bu davr mobaynida qanday islohotlar qildi?
Izohingizni tahrirlang