Ta’lim tizimida ham murojaatlar hal bo‘lmagani uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar ko‘paygan

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Shavkat Mirziyoyev vazirlar va hokimlarni tanqid qilib, murojaatlar bilan ishlamayotganini aytdi. Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p murojaatlar orasida ta’lim sohasi ham mavjud. Umumiy murojaatlarning mingga yaqinida Prezidentning shaxsiy qabuli so‘ralgan.
“Ayniqsa, Toshkent shahri va Buxoroda mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlar ko‘payganini hokimlar qachon tahlil qilgan? Vazirlar va hokimlar murojaatlarga yechim bermasa, odamlar dodini kimga aytsin?
Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi turganini unutmasligimiz kerak!” - dedi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning “vazirga murojaat” portali ham ishlamayotgani, bir yildan buyon vazir portaliga kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan muntazam berib borilayotgan rasmiy axborot ham to‘xtab qolgani haqida xabar bergandik.
Shuningdek, ta’lim tizimida bir qancha muammoli holatlar kuzatilsa-da, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi biror marta ham matbuot anjumani o‘tkazmagani haqida aytgandik.
Undan tashqari Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning pedagoglar murojaatlari bilan qay darajada samarali ishlayotganini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma ham o‘tkazgan edik. Savol shunday edi:
Sizningcha, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘qituvchilar ovozini eshityaptimi?
7 832 nafar respondentlar ishtirok etgan so‘rovnoma natijalari esa ta’lim tizimidagi holatni ochiq ko‘rsatdi. Bu raqamlar o‘qituvchilarning murojaatlarini eshitib, ular bilan ishlash bo‘yicha muhim xulosalarni bermoqda.
- 54% – Yo‘q, o‘qituvchilar muammolari eshitilmayapti
- 33% – Ba’zi muammolar eshitiladi, lekin ko‘pchiligi e’tibordan chetda qolmoqda
- 13% – Ha, muammolar muntazam tinglanib, tezkor yechimlar berilmoqda.
Shu sababli, “Tanaffus” podkastining 18-sonida vazirlikning axborot siyosatini Kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva bilan tahlil qilgandik.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

“Dolzarb 90 kun” tadbirlariga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarga bir martalik mukofot puli beriladi

O‘zbekiston ilk bor Polsha Ta’lim vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston bolalar mehnatiga butunlay barham bergan davlat sifatida e’tirof etildi

Pedagog xodimlar 1-avgustdan boshlab oshirilgan miqdorda maosh oladilar
Mavzuga doir yangiliklar

Hilola Umarovaning “vazirga murojaat” portali ishlayaptimi?
“Vazirga murojaat” portaliga kelib tushgan murojaatlar yuzasidan berilgan rasmiy axborot oxirgi marta 2024-yil 3-mart kuni e’lon qilingan.

Vazir Hilola Umarova Londonda nima qilyapti?
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng o‘z delegatsiyasi bilan birga Londonda tashkil etilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgandi.

Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti
Aholi o‘sishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib borishi inobatga olinib, Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi aytildi.

Vazir Hilola Umarova Malibu’dan foydalanishga o‘tdi
Hilola Umarova Mercedes-Benz rusumli xizmat avtomobilidan voz kechib, mahalliy avtomobil — Malibu’dan foydalanishga o‘tganini aniqlandi.
Izohingizni tahrirlang