Endi maktabdagi vakansiyalar haqida hisobot berish shart bo‘lmaydi
Ko‘pchilikka ma’lumki, hozirgi kunga qadar hududiy bandlik bo‘linmalariga umumta’lim maktablari rahbarlari tomonidan o‘qitilayotgan dars soatlarini hamda o‘qituvchilar tomonidan bir stavkadan ortiq dars soatlarini, hatto minimal darajada ortib qoladigan dars soatlarini (1 yoki 2 soat) ham har oylik hisobotlarda vakant dars soatlari sifatida ko‘rsatish majburiy talab hisoblanardi.
Ya’ni, yuqori malakali o‘qituvchi “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi (3271-sonli) nizom asosida 30 soat dars olgan bo‘lsa-da, maktab direktori har oyda o‘sha o‘qituvchiga berilgan ortiqcha 10 soatni hududiy bandlik bo‘limiga bo‘sh ish o‘rni sifatida ko‘rsatishga majbur edi. Natijada esa o‘qituvchilarga berilgan ortiqcha dars soatlari ish so‘rab kelgan talabgorlarga majburan olib berilardi.
Chunki, ish beruvchilar bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahalliy mehnat organiga har oy “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda taqdim etib borishi majburiy edi.
Ushbu talablarni bajarmaslik esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 229-moddasiga ko‘ra, ma’muriy jarima solinishiga sabab bo‘lardi.
Shu sababli, juda ko‘p hollarda ish beruvchilar tomonidan vakant ish o‘rinlarini yashirish holatlari uchrab turardi.
2025-yil 1-sentyabrdan mavjud vakansiyalar haqida hisobot berish tartibi bekor qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yill 4-avgustdagi PF–126-son Farmoni bilan ish beruvchilar uchun qator qulayliklar joriy etildi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, endilikda ish beruvchilar bandlik organlariga mavjud vakansiyalar haqida hisobot berishga majbur emas.
Shuningdek, bandlik organi yo‘llanmasi bilan bo‘sh ish o‘rniga kelgan nomzod ishga qabul qilinmagan taqdirda, ish beruvchi sabab keltirishi shart bo‘lmaydi va buning uchun ish beruvchi ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
“Ilgari qonunchilikda ish beruvchi bo‘sh ish o‘rinlari haqida hisobot bersa, bandlik markazi yo‘llagan nomzodni rad etganda ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin edi. Shu bois ko‘p ish beruvchilar vakansiya haqida ma’lumotni ochiq taqdim etmasdi.Bu esa mehnat bozori haqida ishonchli ma’lumot yetishmasligiga, haqiqiy talabni tahlil qilish va kasbiy ta’lim yo‘nalishlarini belgilashda qiyinchiliklar yuzaga kelishiga olib kelar edi. Yangi farmon bilan mazkur qoida bekor qilindi.”, - deyiladi Bandlik vazirligi bergan xabarda.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi maktabga ishga kirmoqchi bo‘lgan pedagoglar test orqali ishga qabul qilinadi
Boʻsh ish oʻrinlari haqidagi ma’lumotlar pedagog.uzedu.uz platformasida eʼlon qilgandan so‘ng, nomzodlar ishga kirish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun ariza qoldirishadi.
So'ragan edingiz
Yaqin maktabda vakansiya bor, test natijam bilan ishga kira olamanmi?
Nizomga ko‘ra, talabgorlar ta’lim tashkilotlaridagi vakant ish o‘rinlari uchun pedagog.uzedu.uz platformasi orqali ariza topshiradi hamda bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov (test) asosida ishga qabul qilinadi.
So'ragan edingiz
ERP bazasiga kiritilmagan pedagog “qizil” maktabga ishga kira olmaydimi?
Vazirlik mas’ullarining aytishicha, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga ishga kirish uchun ariza topshirgan hamda saralashdan o‘tgan pedagog kadrlarning ma’lumotlarini ERP bazasiga kiritish uchun joriy yilning 5-avgustiga qadar muddat belgilangan.
Yangiliklar
Ta’lim tizimi xodimlariga har 5 yillik ish staji uchun 2 kun qo‘shimcha ta’til beriladi
Mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’til berishda Tarmoq kelishuviga rioya etilmasa, bu qonun buzilish sifatida baholanadi va ish beruvchi uchun javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang