E’zoza Karimovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Vazir maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Turdiyev Azizbek Anvarjonovich O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
U 1983-yil 3-aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2000–2006-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olib, magistratura bosqichini ham shu yerda tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy saytidagi ma’lumotlarda Azizbek Turdiyev mehnat faoliyatini 2006-yilda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida boshlagani aytiladi. U “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” studiyasida muharrirlikdan boshlab, katta muharrir, bosh muharrir o‘rinbosarigacha bo‘lgan lavozimlarda ishlagan. 2014–2015-yillarda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va matbuot xizmati bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan.
Vazirlikning rasmiy Telegram sahifasida esa uning 2006-2010-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014-yillarda Toshkent shahridagi 231-umumta’lim maktabida adabiyot fanidan dars bergani, 2015-2017-yillarda esa Toshkent shahridagi 165-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagani haqida ma’lumot berilgan.
U 2015–2017-yillarda “Teatr” jurnali bosh muharriri bo‘lgan. Keyinchalik, 2017–2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentida kinematografiyani rivojlantirish masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimida ishlagan.
2018–2019-yillarda Oliy Majlis Senati devonining axborot-tahlil bo‘limida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi qonun hujjatlarini tahlil qilish sho‘basi yetakchi maslahatchisi bo‘lgan.
2019–2023-yillarda esa Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan.
2023-yildan buyon Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgandi. Endilikda esa u o‘z faoliyatini vazir o‘rinbosari sifatida davom ettiradi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

“O‘qituvchilik kasbini eng obro‘li kasbga aylantirish bo‘yicha boshlagan ishlarimiz izchil davom ettiriladi” — Shavkat Mirziyoyev

Bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi, vazir holatni shaxsan nazoratga oldi

Gulnora Karimovaning musodara qilingan pullari qishloq maktablarini ta’mirlash uchun sarflanadi

Xorijiy til o‘qituvchilarining xursand bo‘lishiga hali erta...mi?
Mavzuga doir yangiliklar

Yangi tashkil etilgan Respublika “Kelajak markazi”ga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” direktori lavozimiga tayinlandi.

Vazirlikning salohiyatli kadrlaridan biri Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi
Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sardor Raximboyev Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Vazirlikning Moliya departamenti direktori Prezident Administratsiyasi mas’ul lavozimiga tayinlandi
Siradjev Ilxom Toxirovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi oliygohlarga rektorlar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan vazirlik huzuridagi oliygohlarga rektorlar tayinlandi.
Izohingizni tahrirlang