Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi oliygohlarga rektorlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan:
Maqsudjon Yuldashev Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Maqsudjon Yuldashev 2012-2016-yillarda A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy instituti rektori, 2016-2017-yillarda vazirlikning ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2021-yillarda Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari, 2021-2024-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori kabi turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Ulug‘bek Tashkenbayev Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.
U.Tashkenbayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Guliston davlat universiteti rektori, Samarqand davlat universiteti rektori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar Tashkenbayev Ulug‘bek Negmatovich Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Saidov Mash’al Samadovich – Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Al-Faraganus universitetida Menejment va marketing kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Urakov Sherzod Raxmonovich – Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali direktori edi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Vazirlik attestatsiya bo‘yicha yana bir sud ishida javobgar sifatida ishtirok etadigan bo‘ldi

Yana bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi

Pedagoglar murojaati o‘z joyida hal etiladi

Maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish muddati kechiktirilishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar

Yangi tashkil etilgan Respublika “Kelajak markazi”ga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” direktori lavozimiga tayinlandi.

Vazirlikning salohiyatli kadrlaridan biri Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi
Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sardor Raximboyev Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Vazirlikning Moliya departamenti direktori Prezident Administratsiyasi mas’ul lavozimiga tayinlandi
Siradjev Ilxom Toxirovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.

E’zoza Karimovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Vazir maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Turdiyev Azizbek Anvarjonovich O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Izohingizni tahrirlang