Top.Mail.Ru
Sinf rahbarlik uchun talablar o‘zgardi

Sinf rahbarlik uchun talablar o‘zgardi

12:15 / 02.10.2025 2.10k

Hozirgi kunga qadar boshlang‘ich sinflarda o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga sinf rahbarlik berilishi uchun hech qanday cheklov mavjud emasdi. Shuningdek, sinf rahbarlik uchun kamida 3 yillik pedagogik ish staj talab qilinardi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan mazkur tartibga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 25-avgustdagi 308-son buyrug‘iga 5-ilova “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining ayrim buyruqlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar”ga muvofiq vazirlikning “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yo‘riqnomasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyundagi 190-son buyrug‘idagi:


  • a) 2-band o‘z kuchini yo‘qotdi;


  • b) 2-ilovaning 3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi: “oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan”.


Ya’ni, sodda qilib aytganda endilikda o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga sinf rahbarlik berilmaydi, sinf rahbari uchun kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lish talabi esa bekor qilindi.


Bunda “Kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan”  jumlasi 2-ilovasining 3-bandi ikkinchi xatboshisiga to‘g‘ri keladi, ayrimlar buni birinchi xatboshi deb noto‘g‘ri xulosa qilmoqdalar.

Aslida “Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:” jumlasi 3-band birinchi xatboshisi hisoblanadi.


Demak, yangi tartibga ko‘ra sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi: 


  • oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan; 


  • maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta’lim muassasalarida mehnatni soatbay (shu jumladan o‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi)


  • boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan; 


  • o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan;


  • boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o‘qituvchilarga yuklatiladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Sinf rahbari

Ulashish