Vazir buyrug‘i bilan sinf rahbari lavozimiga qo‘yilgan talablar yengillashtirildi
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova imzolagan hujjat ortidan sinf rahbarlari muammosi kelib chiqqani haqida tanqidiy maqola e’lon qilgandik.
Maqola e’lon qilinishi kuniyoq O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xalqtaliminfo.uz'ga mazkur holat qat’iy nazoratga olinganligini ma’lum qilgandi.
Keyinroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham xalqtaliminfo.uz bilan bog‘lanib, vazirlikning 2025-yil 25-avgustda imzolagan 308-sonli buyrug‘i 5-ilovasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qilgandi.
Bugun vazirlikning xalqtaliminfo.uz'ga xabar berishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilindi.
Endilikda, o‘rta maxsus ma’lumotli boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarga sinf rahbarlik qilish uchun hech qanday taqiq mavjud emas. Shu sababli, ularni ishdan bo‘shatish, shuningdek sentyabr oyidagi sinf rahbarlik uchun amalga oshirilgan to‘lovlarni davlat budjetiga qaytarish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ham bekor qilindi.
Shu o‘rinda, mazkur muammoni o‘z vaqtida nazoratga olib, uning ijobiy hal etilishiga yordam bergan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Izohlar 13
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga zo‘ravonlik uchun 6 pedagog jarimaga tortilib, 15 nafari intizomiy jazo oldi
Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi
Endi har payshanbada mas’ullar ta’lim tashkilotlariga borib, yoshlar bilan uchrashadi
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Sinf rahbarlikni pedagogning roziligisiz olib qo‘yish mumkinmi?
Sinf rahbarlik yuklatilgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan ularning o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligini ro‘kach qilib, sinf rahbarlikni olib qo‘yish qonunchilikka zid.
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova imzolagan hujjat ortidan sinf rahbarlari muammosi kelib chiqdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishiga 8 kun qolganda imzolangan buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan talablar o‘zgartirilishi ortidan hududlarda muammolar kelib chiqmoqda.
Yangiliklar
Sinf rahbarlik uchun talablar o‘zgardi
Hozirgi kunga qadar boshlang‘ich sinflarda o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga sinf rahbarlik berilishi uchun hech qanday cheklov mavjud emasdi.
So'ragan edingiz
Dars soatining sinf rahbarligiga aloqasi bormi?
O'qituvchining qancha dars soati olganligi mutlaqo ahamiyatsiz
O'zbek
Izohingizni tahrirlang