Top.Mail.Ru
Vazir buyrug‘i bilan sinf rahbari lavozimiga qo‘yilgan talablar yengillashtirildi

Vazir buyrug‘i bilan sinf rahbari lavozimiga qo‘yilgan talablar yengillashtirildi

12:14 / 24.10.2025 7.48k

Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova imzolagan hujjat ortidan sinf rahbarlari muammosi kelib chiqqani haqida tanqidiy maqola e’lon qilgandik.


Maqola e’lon qilinishi kuniyoq O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xalqtaliminfo.uz'ga mazkur holat qat’iy nazoratga olinganligini ma’lum qilgandi.


Keyinroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham xalqtaliminfo.uz bilan bog‘lanib, vazirlikning 2025-yil 25-avgustda imzolagan 308-sonli buyrug‘i 5-ilovasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qilgandi.


Bugun vazirlikning xalqtaliminfo.uz'ga xabar berishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilindi.


Endilikda, o‘rta maxsus ma’lumotli boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarga sinf rahbarlik qilish uchun hech qanday taqiq mavjud emas. Shu sababli, ularni ishdan bo‘shatish, shuningdek sentyabr oyidagi sinf rahbarlik uchun amalga oshirilgan to‘lovlarni davlat budjetiga qaytarish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ham bekor qilindi.


Shu o‘rinda, mazkur muammoni o‘z vaqtida nazoratga olib, uning ijobiy hal etilishiga yordam bergan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Izohlar 6

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Sinf rahbari

Ulashish