Sinf rahbarlik uchun talablar o‘zgardi
Hozirgi kunga qadar boshlang‘ich sinflarda o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga sinf rahbarlik berilishi uchun hech qanday cheklov mavjud emasdi. Shuningdek, sinf rahbarlik uchun kamida 3 yillik pedagogik ish staj talab qilinardi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan mazkur tartibga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 25-avgustdagi 308-son buyrug‘iga 5-ilova “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining ayrim buyruqlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar”ga muvofiq vazirlikning “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yo‘riqnomasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyundagi 190-son buyrug‘idagi:
- a) 2-band o‘z kuchini yo‘qotdi;
- b) 2-ilovaning 3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi: “oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan”.
Ya’ni, sodda qilib aytganda endilikda o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga sinf rahbarlik berilmaydi, sinf rahbari uchun kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lish talabi esa bekor qilindi.
Bunda “Kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan” jumlasi 2-ilovasining 3-bandi ikkinchi xatboshisiga to‘g‘ri keladi, ayrimlar buni birinchi xatboshi deb noto‘g‘ri xulosa qilmoqdalar.
Aslida “Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:” jumlasi 3-band birinchi xatboshisi hisoblanadi.
Demak, yangi tartibga ko‘ra sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:
- oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan;
- maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta’lim muassasalarida mehnatni soatbay (shu jumladan o‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi);
- boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan;
- o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan;
- boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o‘qituvchilarga yuklatiladi.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir buyrug‘i bilan sinf rahbari lavozimiga qo‘yilgan talablar yengillashtirildi
Kimlar yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi ekanligi aniq bo‘ldi
O‘quvchilar o‘rtasida Alisher Navoiy olimpiadasi o‘tkazilib, g‘oliblar grand asosida o‘qishga qabul qilinadi
Musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari milliy sertifikatni qay tartibda qo‘lga kiritishi aniq bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazir buyrug‘i bilan sinf rahbari lavozimiga qo‘yilgan talablar yengillashtirildi
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova imzolagan hujjat ortidan sinf rahbarlari muammosi kelib chiqqani haqida tanqidiy maqola e’lon qilgandik.
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova imzolagan hujjat ortidan sinf rahbarlari muammosi kelib chiqdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishiga 8 kun qolganda imzolangan buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan talablar o‘zgartirilishi ortidan hududlarda muammolar kelib chiqmoqda.
So'ragan edingiz
Dars soatining sinf rahbarligiga aloqasi bormi?
O'qituvchining qancha dars soati olganligi mutlaqo ahamiyatsiz
So'ragan edingiz
Vaqtincha sinf rahbarlik yuklatilgan o‘qituvchiga qancha qo‘shimcha haq to‘lanadi?
Sinf rahbarligi qo‘shimcha haq to‘lanadigan to‘lovlar tarkibiga kiradi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang