Ba’zi talabalarga maktabda dars berish mumkin emasmi?
Savol
Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi talabasiman. Maktabda 10 soat dars olgandim. Lekin meni ishga olish to‘g‘risidagi buyruqqa adliya boshqarmasi rad javobi beribdi.
Aytishlaricha, bu yo‘nalishda o‘qiydiganlar dars berolmas ekan. Shu qanchalik to‘g‘ri?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Mazkur qarorning 8-bandi aniq aytadi: faqat pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3-kurs va undan yuqori bosqich talabalariga pedagogik ish faoliyatini amalga oshirish huquqi beriladi.
Hujjatdagi rasmiy tasnifga ko‘ra esa “Filologiya va tillarni o‘qitish” – bu gumanitar fanlar yo‘nalishiga kiradi, pedagogika yo‘nalishiga kirmaydi.
Demak, agar talaba “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishida o‘qisa, u qarorda nazarda tutilgan “pedagogika yo‘nalishi” talabasi hisoblanmaydi. Shu bois unga avtomatik ravishda 275-son qarordagi imtiyoz (3-kursdan pedagogik ishga kirishish huquqi) tatbiq etilmaydi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, yuridik jihatdan — filologiya yo‘nalishi pedagogika yo‘nalishi hisoblanmaydi, demak 275-son qaror normasi ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli emas.
Ushbu savolga Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi yuridik markaz boshlig‘i Sherzod Xakimovich javob berdi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
“Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan dars berishga ruxsat etiladi.
Yangiliklar
Endi yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinfdan dars ololmaydi
Kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinflarda mavjud bo‘lgan dars soatlarini ololmasligi mumkin.
Yangiliklar
Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi
Endilikda xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarga ham, asosiy olimpiadalarning respublika, viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarga ham dars taqsimotida hech qanday ustunlik berilmaydi.
Yangiliklar
O‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
Nihoyat, dars soatlarini taqsimlashda qo‘llanadigan ustuvor ketma-ketliklarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang