Oliygoh bitiruvchilari sifati indeksida ta’lim yo‘nalishi yetakchi uchlikdan joy oldi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi (NQAAE) tomonidan 2025-yil 1-avgustdan 2026-yil 31-martgacha (8 oy) bo‘lgan davrni qamrab olgan Bitiruvchilar sifati indeksi bo‘yicha dastlabki modellashtirish natijalari e’lon qilindi.
Dastlabki modellashtirish natijalariga ko‘ra, ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari indeksda eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini qayd etgan. 114 ta oliy ta’lim tashkilotining 242,6 ming nafar bitiruvchisi bo‘yicha amalga oshirilgan tahlillarga ko‘ra, ta’lim yo‘nalishi 66,7 ball bilan barcha ta’lim yo‘nalishlari orasida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Ushbu ko‘rsatkich faqat matematika va statistika yo‘nalishidan (69,6 ball) ortda qolgan. Uchinchi o‘rinda esa biznes va boshqaruv yo‘nalishi qayd etilgan bo‘lib, uning natijasi 63,9 ballni tashkil etgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining umumiy bandlik darajasi 75 foizni tashkil etgan. Bitiruvchilarning o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 million so‘m, o‘rtacha ishga joylashish muddati esa 2 oy 1 kunni qayd etgan. Shuningdek, bitiruvchilarning 60,1 foizi kamida to‘rt oy davomida barqaror ish bilan ta’minlangan.
Tahlillar ayrim yo‘nalishlarda bitiruvchilarning daromadlari sezilarli darajada yuqori ekanini ham ko‘rsatmoqda. Jumladan, biznes va boshqaruv yo‘nalishi bitiruvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi 8,5 million so‘mni, huquq yo‘nalishida 7,3 million so‘mni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida esa 6,8 million so‘mni tashkil etgan.
Bitiruvchilar sifati indeksi natijalariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan 20 ta oliy ta’lim muassasasi karyera markazi 500 million so‘mdan rag‘batlantiriladi.
Qayd etilishicha, hozirgi natijalar bitiruvchilar faoliyatining 8 oylik kuzatuv davri asosida shakllantirilgan dastlabki modellashtirish hisoblanadi. Yakuniy indeks natijalari esa 12 oylik ma’lumotlar asosida joriy yilning avgust oyida e’lon qilinadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi
Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
7 695 ta maktab uchun maktab maslahatchilari saralab olindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Davlat oliygohlariga hujjat topshiruvchilar soni tobora kamayib boryapti
2026-yilda 677 907 nafar abituriyent davlat oliygohlarida o‘qish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bu 2020-yildagi raqamlardan deyarli ikki barobar kam.
Oliy ta’lim
O‘zbekistonning ayrim oliygohlarida bir nafar professor-o‘qituvchiga 200 nafardan ortiq talaba to‘g‘ri kelmoqda
2026-yil iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tashkilotlarida 1 605 028 nafar talaba tahsil olmoqda hamda 61 088 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Respublika bo‘yicha bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 30,3 nafar talaba to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar
Kirish imtihonida qatnashgan abituriyentlarning atigi uchdan bir qismi talabalikka tavsiya etildi
Joriy yilning 13-iyun kuni Profi University'da o‘tkazilgan kirish imtihonlarida 3139 nafar abituriyent ishtirok etdi. Imtihon natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning 782 nafari yoki 25 foizi talabalikka tavsiya etildi.
Yangiliklar
Endilikda oliy toifali o‘qituvchilar magistraturaga maqsadli qabul qilinadi
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab oliy toifali o‘qituvchilar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida maqsadli magistraturada tahsil ola boshlaydi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang