Kimlar maktab maslahatchisi sifatida ishga olinishi aniq bo‘ldi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1 shtat birligida maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.
Ammo kimlar maktab maslahatchisi lavozimiga tayinlanishi mumkinligi haqidagi savol ochiq qolgandi. Chunki, maktab maslahatchilarining malaka tavsiflari tasdiqlanmagandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-sentyabrdagi 368-sonli buyrug‘i bilan maktab maslahatchilarining malaka tavsiflari tasdiqlandi. Xalqtaliminfo.uz mazkur buyruq bilan tanishib chiqdi.
Unga ko‘ra maslahatchilar oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim. Magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beriladi.
Bunda pedagogika, psixologiya mutaxassisligiga ega bo‘lgan nomzodlar maktab maslahatchisi lavozimida ishlashi mumkin bo‘ladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi davlat stipendiantlari g‘oliblariga esa mutaxassislik talab etilmaydi.
Maktab maslahatchisi lavozimiga nomzodlardan ish staji talab qilinmaydi.
Qo‘shimcha talablar
- Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
- maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, ta’lim standartlaridan xabardor bo‘lishi;
- xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilish;
- davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish ustuvorlik beradi.
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq:
- qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
- qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
- pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar;
- psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish mumkin emas.
Izohlar 69
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 5000 taga yetkazildi
Maktab kutubxonalari holati ayanchli ahvolga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi
Oliygoh bitiruvchilarining bandlik darajasi haqidagi tahlillar e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Tavsiyanoma olgan maktab maslahatchilari nega ishga kirolmayapti? Qanday yechimlar bor?
Ayni vaqtda Tanlov komissiyasining maxsus tavsiyanomasini olgan talabgorlar maktab maslahatchisi sifatida ish boshlashlari kerak edi. Ammo, kichik muammo kelib chiqdi. Ya’ni, maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘tkazilgan tanlov pedagog va rahbar xodimlarning mehnat ta’tili vaqtiga to‘g‘ri kelib qoldi.
Yangiliklar
7 695 ta maktab uchun maktab maslahatchilari saralab olindi
Joriy yilning 22-aprel sanasidan boshlab 7 695 ta maktablardagi vakant maslahatchi lavozimi uchun tanlovga start berilgandi.
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang