Top.Mail.Ru
Ayrim maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshqa binoga ko‘chiriladi

Ayrim maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshqa binoga ko‘chiriladi

14:37 / 26.10.2025 1.02k

2025-yil 22-oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini optimal joylashtirish orqali ularning bino va inshootlari o‘rnida biznes loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 668-son qarori imzolandi.


Qarorga ko‘ra, respublika bo‘yicha tanlab olingan tuman va shahar hokimliklari uchun yangi ma’muriy binolar quriladi va mazkur tuman va shaharlardagi barcha mahalliy boshqaruv organlari bir joyga optimal joylashtiriladi.


Ya’ni, mahalliy hokimlik ham, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ham (hududdagi boshqa idoralar ham) bitta binoga ko‘chiriladi.


Boshqa joyga ko‘chirilishi natijasida bo‘shab qolgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi binolari esa elektron onlayn savdo orqali sotuvga qo‘yiladi.


Qarorga ko‘ra quyidagi hududiy MMTBlar boshqa joyga ko‘chiriladi


  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani va Chimboy tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;


  • Andijon viloyatining Asaka tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;


  • Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;


  • Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;


  • Navoiy viloyatining Xatirchi tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;


  • Namangan viloyatining Chortoq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;


  • Surxondaryo viloyatining Denov tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;


  • Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;


  • Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;


  • Farg‘ona viloyatining Quva tumani hamda Marg‘ilon shahri maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi;


  • Xorazm viloyatining Shovot hamda Hazorasp tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi.


Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qarori bilan yuqoridagi tuman va shaharlar tanlab olingan. Keyinchalik, boshqa tuman va shaharlarning mahalliy boshqaruv organlarini ham optimal joylashtirish choralari ko‘rilishi mumkin.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • MMTB

Ulashish