O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
Ma’lumki, har yili Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati e’lon qilinadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 35-sonli buyrug‘i bilan 2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi. Demak, ro‘yxat bilan tanishamiz.
Fan olimpiadalari
1. Asosiy fan olimpiadasi
2. Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science)
3. Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro Kimyo olimpiadasi (ARBICHO)
4. Xalqaro Yoshlar Bolqon Matematika olimpiadasi
5. Xalqaro Kimyo olimpiadasi (IChO)
6. Xalqaro Matematika Olimpiadasi (IMO)
7. Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO)
8. Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI)
9. Jahon Ochiq Astronomiya Olimpiadasiga saralash
10. Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC)
11. Jahon Ochiq Astronomiya Olimpiadasi
12. 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasiga saralash
13. 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasiga saralash
14. Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash
15. Nufuzli xalqaro olimpiadalar (IMO, IPhO, IBO, IChO, IOI)
16. 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi
17. Xalqaro Jautikov Olimpiadasi
18. Xalqaro Nemis tili olimpiadasiga saralash
19. Xalqaro Ingliz tili olimpiadasi (ELO)
20. Xalqaro Geografiya olimpiadasi (IGeO)
21. Xalqaro Iqtisod Olimpiadasi (IEO)
22. Xalqaro Kavkaz Matematika Olimpiadasi(CMO)
23. Osiyo Tinch okeani mintaqasi Matematika Olimpiadasi (APMO)
24. Xalqaro Bolqon Matematika Olimpiadasi (BMO)
25. O‘smirlar o‘rtasida Bolqon Matematika Olimpiadasi (JBMO)
26. Osiyo Fizika olimpiadasi(APhO)
27. Yevropa Fizika Olimpiadasi
28. Osiyo Tinch okeani mintaqasi Informatika Olimpiadasi (APIO)
29. Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasi (EGMO)
30. Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasi (EGOI)
31. Xalqaro Turkmaniston Olimpiadasi
32. Xalqaro Ochiq Biologiya Olimpiadasi
33. Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro O‘zbek tili Olimpiadasi
34. Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika (ARBICHO) olimpiadasi
35. Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro Kimyo olimpiadasi
36. Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro Fizika Olimpiadasi
37. Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi
38. Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi
39. Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralash bosqichlari
40. Xalqaro geografiya olimpiadasiga saralash bosqichlari
Ko‘rik-tanlov va musobaqalar
1. “Huquqiy ma’rifiy bilimdon” ko‘rik-tanlovi
2. “Men giyohvandlikka qarshiman” ko‘rik-tanlovi
3. “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi
4. “Yosh gvardiyachi” musobaqasi
5. “Yosh chegarachi” musobaqasi
6. “Vatanparvar” musobaqasi
7. “Yashil chiroq” musobaqasi
8. “Jasorat uchqunlari” musobaqasi
9. O‘quvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual o‘yini musobaqasi
10. “Turon” maktab teatri
11. “Iqtidor” maktab ansambli
12. “Jadidlar izidan” ko‘rik-tanlovi
13. Badiiy gimnastika bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi
14. Umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus” olimpiadasi
15. “O‘quvchilar kengashi” liderlar tanlovi
16. “Yil sardori” ko‘rik-tanlovi
17. “Eng namunali maktab sardorlari kengashi” ko‘rik-tanlovi
18. “Eng namunali mahalliy sardorlari kengashi” ko‘rik-tanlovi
19. Eng na’munali hududiy sardorlari kengashi” ko‘rik-tanlovi
20. O‘quvchilar o‘rtasida “Yoshlar va qonun” ko‘rik-tanlovi
21. “Kitobxonlik festivali” ko‘rik-tanlovi
22. O‘quvchilar o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” shiori ostida respublika birinchiligi
23. “Yosh bojxonachi” ko‘rik-tanlovi
24. Huquqiy-ma’rifiy bilimdon ijodiy ko‘rik-tanlovi
25. “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi
26. “Mening huquq va majburiyatlarim” ko‘rik-tanlovi
27. “Zulfiya” davlat mukofoti
28. “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi
29. “Inson huquqlari” ko‘rik-tanlovi
30. “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovi
31. “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi”
32. “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi
33. “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida o‘tkaziladigan tanlovlar
34. “Raqamli avlod qizlari” tanlovi
35. “Ixtirochilikka qadam” tanlovi
36. O‘quvchi qizlar o‘rtasida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi
37. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi respublika tashkilotlarining Vazirlik bilan kelishilgan holda o‘tkazilgan ko‘rik tanlovlar, musobaqa va tadbirlar.
Yuqorida keltirilgan fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovaning 1-bandi 2-pozitsiyasi bo‘yicha baholash mezonlarida ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha baholanadi.
Bunda pedagog xodimlarga quyidagicha ball beriladi
- tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, o‘quvchilari eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 55 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda — 5 ball;
- tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, o‘quvchilari eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 70 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda — 10 ball;
- tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari 1-, 2-, 3-o‘rinlarni (shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro fan olimpiadalaridan ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni) egallaganda — 25 ball.
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida
Ushbu yo‘nalishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanadi. Bunda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktori buyrug‘i bilan maktab miqyosida o‘tkaziladigan tanlov va boshqa tadbirlar hisobga olinadi.
Bunda umumta’lim muassasasi miqyosida o‘tkaziladigan tanlov va boshqa tadbirlar umumta’lim muassasasi direktori buyrug‘i asosida o‘tkazilishi hamda o‘zining tasdiqlangan Nizomi va o‘tkazish tartibiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Bunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga quyidagicha ball beriladi
- maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning ulushi 55 — 70 foizni tashkil etganda — 5 ball;
- maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning ulushi 71 — 85 foizni tashkil etganda — 10 ball;
- maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning ulushi 86 — 100 foizni tashkil etganda — 25 ball.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Oliygohlarda “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi
Ertadan boshlab maktab maslahatchisi lavozimi uchun suhbat jarayonlari boshlanadi
Yangi o‘quv yilidan Navoiyda sun’iy intellektga ixtisoslashgan sinflar ochilishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ikki yil avval malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yiliga ustama uchun ball beriladimi?
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar esa uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikati o‘z kuchida bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
Yangiliklar
Endi maktabdagi rahbar xodimlar oylik maoshini yana oshirishi mumkin
Maktab direktori va uning o‘rinbosarlari faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarining (KPI) baholash metodikasi va tartibi belgilandi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Kuzgi attestatsiya test sinovlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qachondan boshlab to‘lanishi haqida xalqtaliminfo.uz’ga o‘qituvchilar tomonidan savol yo‘llamoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang