Elektron kundalik uchun o‘qituvchi javobgar qilingani sabab vazirlik keskin tanqid qilindi
Joriy yil 23-fevral kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining navbatdagi fraksiya yig‘ilishida bo‘lib o‘tgan muhokamalar o‘qituvchilarning asosiy vazifalariga kirmaydigan topshiriqlar bilan bog‘liq masalani kun tartibiga olib chiqdi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati Umida Rahmonova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyevga savol bilan yuzlanib, vazirlikning o‘qituvchilarga, xususan, emaktab.uz [tahr.] platformasi va aholini ro‘yxatga olish ishlari bo‘yicha ortiqcha ortiqcha yuklamalar yuklaganlikda aybladi.
Vazir o‘rinbosari bunga javoban vazirlik rasmiy pozitsiyasini bildirib, vazirlik duch kelayotgan qiyinchiliklarni ham aytib o‘tdi. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, muammoning mohiyati shundaki, o‘qituvchilar o‘z majburiyatlariga kirmaydigan vazifalar uchun javobgar bo‘lib, bu ularni bolalarga ta’lim berishdek asosiy maqsadidan chalg‘itmoqda.
“Emaktab.uz [tahr.] masalasi bu ota-onalar va o‘quvchilar o‘rtasidagi masala. Lekin kundalikka ota-onalar kirmaganligi uchun yoki to‘lov bo‘lmaganligi uchun o‘qituvchilarni jazolash, bu to‘g‘ri ish emas. Ya’ni, yana biz o‘qituvchilarni zimmasidagi bolalarni bilimli qilish, ularning ustida ishlash bo‘yicha masaladan tashqari masalalarga jalb qilyapmiz”, - deya ta’kidladi Umida Rahmonova.
“Lekin hali-hanuz nafaqat maktab o‘qituvchilari, balki bog‘cha opalarini ham “falon o‘quvching hali ham o‘tmagan ro‘yxatdan”, deb jazolash, ro‘yxatga olish holatlari bo‘lyapti”, - dedi deputat.
“...bu yoqda qilayotgan harakatlarimiz ayni shuning teskarisi yoki bunga to‘sqin bo‘ladigan harakatlar bilan bog‘liq bo‘lyapti. Men vazirlikdan shuni iltimos qilgan bo‘lardim, bitta harakatimiz ikkinchisini to‘ldiradigan, yaxshi ma’noda to‘ldiradigan harakatlar bo‘lishi kerak”, — deya ta’kidladi Rahmonova.
“Vazirlik o‘qituvchiga zimmasidan ortiq vazifa yuklashga qat’iy qarshi va biz o‘zimizning ijtimoiy tarmog‘imizda ham vazirlik yoki uning hududiy bo’linma va boshqarmalari tomonidan ro‘yxatga olish bo‘yicha pedagoglarga ortiqcha hech qanaqa topshiriq berilmagan, deb ataylab berdik buni”, - deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari.
“Bugun qancha targ‘ib qilmaylik, qancha tushuntirmaylik, ota-onalarimiz juda ham, nima deydi, yumshoqroq aytganda, ja g‘amxo‘r emas, ta’lim jarayoniga. Bolasi qanaqa qatnashyapti, necha baho olyapti, kelyaptimi, ketyaptimi va hokazo. Shu ma’noda qiyin bo‘lyapti, kundalik’ni yuritish”, - dedi Turdiyev.
“Endi, lekin baribir statistika sekin oshib boryapti. O‘zi haqiqatdan kirayotgan ota-onalarimiz, haqiqatdan qiziqayotgan ota-onalarimiz ham bor”, - deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari.
Ayni shu masalada xalqtaliminfo.uz'ga murojaat yo‘llagan pedagoglarning aytishicha, emaktab.uz'ga kirmagan ota-ona va o‘quvchi uchun sinf rahbarlari aybdor qilinib, ulardan tushuntirish xati olinmoqda, hatto vaziyat sinf rahbarlarini vazifasidan ozod etishgacha bormoqda.
“Elektron kundalikda o‘quvchi va ota-onalarning faolligi bo‘yicha qizil,sariq qilib jadvallar qilib, o‘qituvchilarni bu ishlarga majburlashlari shartmi? Bunaqa ko‘zbo‘yamachilikning nima keragi bor? Vazirlikdagilar ham yaxshi biladi, ota-ona kirmasligini”, - deydi o‘qituvchilardan biri.
Umumiy holat shuni ko‘rsatmoqdaki, hozircha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada ota-onalarning rolini oshirish uchun faqatgina pedagoglarga ta’sir chorasi qo‘llashdan boshqa usullarni qo‘llaganicha yo‘q.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga zo‘ravonlik uchun 6 pedagog jarimaga tortilib, 15 nafari intizomiy jazo oldi
Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi
Endi har payshanbada mas’ullar ta’lim tashkilotlariga borib, yoshlar bilan uchrashadi
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazirlik qaysi viloyatda qog‘ozbozlik avj olayotganini bilmaydimi?
Tarqatilgan xabarlar haqiqatdan ham huquqiy asosga ega bo‘lmasa, vazirlik jamoatchilikni chalg‘ituvchi manzilli yondashilmagan bayonotlar berishdan qochishi yoki bu kabi holatlarda xabar manbasini aniq ko‘rsatishi kerak edi.
Yangiliklar
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Surxondaryo viloyati hokimligi huzurida viloyatdagi umumta’lim maktablari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. Hokimlik imzolagan hujjatga asoslanib, maktablarda o‘qituvchilardan ortiqcha hujjatlar, qo‘shimcha ma’lumotlar va hisobotlarni talab qilish jarayoni boshlangan.
Yangiliklar
Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi
O‘quv-pedagogik hujjatlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab birorta hujjat maktablarda qog‘oz shaklida yuritilmaydi
Keraksiz bo‘lgan hujjatlardan voz kechiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang