Bu yil 1-sinf qabuliga o‘qituvchilar jalb qilinadimi?
Savol
1-sinfga qabul jarayonlariga o‘qituvchilar jalb qilinadimi? Bu ularga qo‘shimcha yuklama bo‘lmaydimi?
Javob
Birinchi sinfga qabul jarayonlari 20-iyun kunidan boshlanadi. Bu yil 795 mingdan ortiq bolalarni birinchi sinfga qabul qilish rejalashtirilmoqda.
Qabul jarayonlari ikkita bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 20-iyundan 31-iyulgacha bo‘lib, bunda arizalar biriktirilgan mikrohudud doirasida qabul qilinadi.
Ikkinchi bosqichda, ya’ni mikrohududdan tashqari qabul jarayonlari maktabning quvvati va imkoniyatlariga qarab amalga oshiriladi.
Qabul jarayonlariga mehnat ta’tilida bo‘lgan birorta ham pedagog jalb qilinmaydi. Bu vazifa bilan maktab ma’muriyatidan iborat mas’ullar shug‘ullanadi.
Onlayn qabul o‘qituvchilarga ortiqcha yuklama keltirib chiqarmaydi.
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari javob berdi.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
1-sinflar uchun “Prezident sovg‘asi”ni hududlarga tarqatish boshlandi, maktablarga qachon yetkaziladi?
“Prezident sovg‘asi” jamlanmasi tayyorlandi. Bu yilgi jamlanma 12 turdagi o‘quv qurolidan iborat bo‘lib, unga o‘quv sumkasi, 12 ta daftar, ruchka, ikki dona oddiy qalam, 12 rangli qalamlar to‘plami, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, ikki dona o‘chirg‘ich, 12 rangli akvarel bo‘yoqlari, yelim hamda qalamdon kiritilgan.
Yangiliklar
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
Asaka tumanidagi maktablardan birida faoliyat yurituvchi kadrlar bo‘yicha menejer 1-sinfga qabul qilishni va’da qilib, fuqarodan 300 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Yangiliklar
Bolalarni 1-sinfga joylashdagi kadastr muammolari tufayli maxsus shtab tuzildi
Davlat kadastrlari palatasi tomonidan bolalarni 1-sinfga joylashdagi kadastr bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish maqsadida Respublika bo‘yicha tezkor shtab tashkil etildi.
So'ragan edingiz
1-sinf uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta maktabga ariza topshirsa bo‘ladimi?
Joriy yilda birinchi sinfga qabul jarayonlari 20-iyun kunidan boshlangan. Bunda qabul jarayonlari ikkita bosqichda amalga oshiriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang