Attestatsiyaga jalb qilingan pedagog kadrlar necha ball yiqqan taqdirda attestatsiyadan o'tgan hisoblanadi?

22:09 / 26.01.2024
3.40k
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 33-bandiga ko‘ra pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi hamda ikkita bosqich bo‘yicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.
Nizomning 44-bandiga ko‘ra ikkita bosqich natijalariga ko‘ra oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
➖ 80 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlangan;
➖ 80 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, birinchi malaka toifasiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
➖ 80 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilgan;
➖ 70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlangan;
➖ 70 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, ikkinchi malaka toifasiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
➖ 70 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, birinchi malaka toifasi berilgan;
➖ 60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, ikkinchi malaka toifasi saqlangan;
➖ 60 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Mutaxassis yoki oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
➖ 60 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, ikkinchi malaka toifasi berilgan;
➖ 55 balldan 59 ballgacha ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan;
➖ 55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

11:05 / 18.10.2025
Vazir E’zoza Karimovaga deputatlik so‘rovi yuborildi

14:22 / 15.10.2025
Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi

06:10 / 15.10.2025
Fan olimpiadasi testlari sotilgani aytilmoqda

16:12 / 13.10.2025
O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi
Mavzuga doir yangiliklar

Attestatsiya test sinovlarida ishtirok etadigan pedagoglar diqqatiga
Ko‘pchilik, apellyatsiya berish tartibini yaxshi tushunmaganligi bois turli xil xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘shishadi, bu esa pedagoglar zarariga ishlashi mumkin.
22:26 / 20.10.2025

Tarix fani o‘qituvchilarining attestatsiya bo‘yicha da’vo arizasi sudda ko‘rib chiqildi
Kecha, 15-oktyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Shayxontohur tumanlararo sudida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ustidan kiritilgan shikoyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sud ishi sudya G.K.Djumayeva raisligida ko‘rib chiqildi.
18:28 / 16.10.2025

Vazirlik attestatsiya bo‘yicha yana bir sud ishida javobgar sifatida ishtirok etadigan bo‘ldi
Avvalroq, to‘rt nafar tarix fani o‘qituvchilari ham attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ustidan sudga da’vo arizasi kiritgandi.
17:51 / 10.10.2025

Attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlash test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkazilishini bilasizmi?
Vazirlik malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillarini e'lon qilgan.
21:00 / 26.03.2024
Izohingizni tahrirlang