Vazir ustamasiga da'vogar bo'lgan pedagoglar ro'yxatini kim vazirlikka taqdim etadi?
15:06 / 12.01.2024
2.96k
Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etiladigan kirish imtihonlaridagi natijalardan kelib chiqib, kvota hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlab bo‘lingach, xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etiladi.
Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash esa har bitta yo‘nalish bo‘yicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan uch baravar ko‘p nomzodlarni saralash uchun vazirlik (Ishchi guruh)ga taqdim etadi.
Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash vakillari kimlar?
➖ Kengash raisi — hokimlar;
➖ Kengash raisi o‘rinbosari — hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari.
Asosan shu ikki mas’ullar vazir ustamasiga da'vogar bo’lgan nomzodlar masalasini kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqib hal qiladi. Kengash tarkibida yuqoridagi ikki mas’uldan tashqari yana 21 nafar mas’ul shaxslar mavjud.
Hududiy kengashlar nomzodlar ro‘yxatini shakllantirib, vazirlikka taqdim qilgandan so‘ng, ular orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar 2 bosqichda saralanadi.
Saralash bosqichlaridan muvoffaqiyatli o‘tgan pedagog kadrlarga vazir jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlash bo‘yicha vazirlik buyrug‘i chiqariladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
16:20 / 30.03.2026
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
12:36 / 30.03.2026
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
15:02 / 27.03.2026
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
11:52 / 26.03.2026
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
22:30 / 23.06.2024
Yangiliklar
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Avvalroq, o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bora “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etilib, g‘olib jamoaga “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘mgacha pul mukofoti berilishi haqida xabar bergandik.
12:36 / 30.03.2026
Yangiliklar
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va pedagog xodimlarning xorijda ta’lim olishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 88-son qarori imzolandi.
10:19 / 12.03.2026
Yangiliklar
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Liliya Gaynutdinovaga ushbu ko‘krak nishoni Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida topshirilgan.
12:47 / 05.03.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang