Top.Mail.Ru
Vazir ustamasiga da'vogar bo'lgan pedagoglar ro'yxatini kim vazirlikka taqdim etadi?

Vazir ustamasiga da'vogar bo'lgan pedagoglar ro'yxatini kim vazirlikka taqdim etadi?

15:06 / 12.01.2024 2.96k
Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga kora har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni Maktabgacha va maktab talimi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etiladigan kirish imtihonlaridagi natijalardan kelib chiqib, kvota hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlab bolingach, xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etiladi.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash esa har bitta yo‘nalish bo‘yicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan uch baravar ko‘p nomzodlarni saralash uchun vazirlik (Ishchi guruh)ga taqdim etadi.

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash vakillari kimlar?

➖ Kengash raisi — hokimlar;

➖ Kengash raisi o‘rinbosari — hududiy maktabgacha va maktab talimi boshqarmalari boshliqlari.

Asosan shu ikki masullar vazir ustamasiga da'vogar bolgan nomzodlar masalasini kengash yigilishida korib chiqib hal qiladi. Kengash tarkibida yuqoridagi ikki masuldan tashqari yana 21 nafar masul shaxslar mavjud.

Hududiy kengashlar nomzodlar royxatini shakllantirib, vazirlikka taqdim qilgandan song, ular orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar 2 bosqichda saralanadi.

Saralash bosqichlaridan muvoffaqiyatli otgan pedagog kadrlarga vazir jamgarmasi hisobidan ustama tayinlash boyicha vazirlik buyrugi chiqariladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • ustama
  • vazir jamg'armasi
  • rag'bat

Ulashish