Top.Mail.Ru
Maktab direktorining lavozim majburiyatlari nimalardan iborat?

Maktab direktorining lavozim majburiyatlari nimalardan iborat?

23:09 / 31.01.2024 11.29k

Direktorning lavozim majburiyatlari


Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, pedagogik kengashga raislik qilish, muassasaning tashkiliy-huquqiy, oʻquv-tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining tashkil etilishini taʼminlash;


Pedagogik kengash bilan birgalikda taʼlim muassasasini rivojlantirish strategiyasi, maqsad va vazifalari, oʻquv-tarbiya jarayonini va taʼlim sifatini yaxshilashning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;



taʼlim muassasasining yillik ish rejasini tasdiqlash hamda tegishliligi boʻyicha xodimlar tomonidan oʻquv rejasining bajarilishini nazorat qilish;


dars, korreksion mashgʻulotlar hamda shtatlar jadvallari va tarifikatsiya roʻyxatlari, mehnat taʼtili jadvalini tasdiqlash;


oʻquv jarayoniga innovatsion va zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etishga sharoit yaratish, zamonaviy taʼlim usullari va resurslarini qoʻllash orqali oʻquvchilarning bilim samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;


taʼlim muassasasi faoliyatining moliyaviy-xoʻjalik masalalarini hal qilish, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning shakllanishi, undan samarali foydalanishini amalga oshirish, taʼlim muassasasini rivojlantirish uchun byudjetdan tashqari qoʻshimcha mablagʻ topish va moddiy resurslar bilan taʼminlash choralarini koʻrish, taʼlim muassasasining investitsion jozibadorligini taʼminlash, shuningdek, taʼlimiy maqsadlarga erishish uchun moliyaviy, moddiy resurslarning samarali taqsimotini va xodimlarning safarbarligini taʼminlash hamda qabul qilingan qarorlarning oqibatlari, moliyaviy-xoʻjalik natijalariga shaxsan javob berish;


korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xoʻjalik shartnomalari tuzishda taʼlim muassasasi nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish;


turli yoʻnalishlardagi davlat va nodavlat jamgʻarmalar bilan oʻzaro hamkorlikda ish yuritish, Kuzatuv va pedagogik kengash hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda taʼlim muassasasini rivojlantirish boʻyicha strategik rejalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, taʼlim muassasasining yuksak vazifa va maqsadlarini shakllantirish ishlarini tashkil etish;


oʻquv jihozlari, qurilmalari va boshqa taʼlim vositalarining saqlanishini taʼminlash, taʼlim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkil etish, mol-mulkdan samarali foydalanish va ularning saqlanishiga javobgar boʻlish;


muassasani yangi oʻquv yili, kuz-qish mavsumiga tayyor boʻlishini taʼminlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muassasani qabul qilish dalolatnomalarini imzolash;


muassasani malakali kadrlar bilan taʼminlash, pedagog xodimlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash, uni qoplash choralarini koʻrish, oʻquvchilar orasidan iqtidorlilarni tanlab pedagogik yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash va ijrosini taʼminlash, tegishli malaka va kompetensiyalarga ega xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish, ular oʻrtasida vazifalarni oqilona va adolatli taqsimlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilishda ishtirok etish hamda ijro, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini taʼminlash, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;


oʻqituvchilar malakasini oshirish ishlarida ijobiy, konstruktiv va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratish, ularning tashabbuskorligi va faolligini oshirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish jadvali va taʼlim muassasasi ehtiyojlariga mos ravishda oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanish dasturini ishlab chiqish hamda pedagog xodimlarni ragʻbatlantirish uchun davlat taʼlim standartlari va talablarining bajarilishini xolis baholashni tashkil qilish;


taʼlim muassasasi bitiruvchilarini oliy hamda boshlangʻich professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashtirish koʻrsatkichlarini yaxshilash choralarini koʻrish;


jamoada sogʻlom maʼnaviy-ruhiy, xavfsiz va ragʻbatlantiruvchi muhitni yaratish;


oʻquvchilarning bilimlari sifatini davlat taʼlim standartlari va talablariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini taʼminlash va nazorat qilish, oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli taʼlim berish maqsadida taʼlim muassasasini uzluksiz rivojlantirish choralarini koʻrish;


oʻquvchilarni psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi hamda tegishli yoʻllanma orqali taʼlim muassasasiga qabul qilish va sinfdan-sinfga oʻtkazish va bir taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish ishlarini (erp baza) tashkil qilish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishini yaxshilashga va har birining imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish;


taʼlim muassasalarida umumiy oʻrta taʼlim va korreksion ishlarni tizimli va parallel ravishda olib borilishini taʼminlash;


oʻquvchilarni darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalari bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish;


ota-onalar, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish boʻyicha hamkorlikni tashkil qilish;


bolalikni himoya qilish boʻyicha, voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlari xavfsizligini muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini taʼminlash;


internat turidagi taʼlim muassasalarida yotoqxonaga muhtoj oʻquvchilar kontingentini aniqlash va ular uchun kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratish;


oʻquvchilarni milliy anʼanalar, urf-odatlar boʻyicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, vataniga va xalqiga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash;


taʼlim muassasasi xodimlari orasidagi eng faollarini ragʻbatlantirish, lavozim vazifalarini bajarmaganligi uchun ularga nisbatan oʻz vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qoʻllash;


oʻquvchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va bolalar uchun qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish;


taʼlim muassasasining mulkiy manfaatlarini sudda, hakamlik sudida, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida himoya qilish;


taʼlim muassasasi faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish;


taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;


taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;


taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek muassasa xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish;


foydalanish uchun topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda tegishli tartibda roʻyxatdan chiqarishni taʼminlash;


qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • menejerlik
  • Maktab direktori

Ulashish