Top.Mail.Ru
Qaysi toifadagi pedagoglar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlashi mumkin?

Qaysi toifadagi pedagoglar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlashi mumkin?

20:56 / 02.02.2024 1.40k
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbar va xodimlarining malaka tavsiflari” bilan belgilangan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktab direktori tomonidan hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinladi va lavozimidan ozod etiladi. Direktor o‘rinbosarining kelgusidagi ish faoliyati samaradorli tashkil etish uchun shaxsiy mas’uliyat maktab direktori zimmasiga yuklatiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablar quyidagicha:

➖ Oliy, bakalavr diplomga ega bo‘lishi (magistratura yoki ilmiy draja bo‘lishi ustunlik beradi);

➖ Mutaxassisligi pedagogika bo‘lishi;

➖ Kamida 5 yildan kam bo'lmagan pedagogik ish stajiga ega bo'lishi.

➖Mikrosoft Oficce dasturi (Word, Excell, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.

Qo‘shimcha talablar: Ta’limga oid normativ hujjatlarni bilishi. Davlat tili va (qo‘shimcha tillarni bilishi ustunlik beradi)

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Direktor o'rinbosari

Ulashish