Direktor o‘rinbosari xalqaro sertifikat olsa, unga ustama to‘lanadimi?

12:30 / 06.05.2024
7.96k
Savol
Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlayman. 2023-yil 26-dekabrda C1 sertifikatini oldim. Menga shu sertifikat uchun 50 foizlik ustama beriladimi?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF–134-sonli farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lab berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu farmonda esa o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ustamalar to‘lab berish nazarda tutilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 28-iyulda bir necha vazirliklar bilan imzolagan 25-sonli qo‘shma qarori bilan 2023-2024-o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Ushbu hujjatda esa barcha sertifikatlar o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega umumta’lim maktablarda faoliyat yuritadigan, hatto soatbay va o‘rindosh, pedagog xodimlarga, shu jumladan, maktab direktori va o‘rinbosarlarga ham har oylik ustama to‘lash nazarda tutilgan.
Ya’ni, agar direktor o‘rinbosari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha dars berayotgan bo‘lsa va shu mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, uning dars soatlari uchun 50 foizlik ustama to‘lab beriladi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, 50 foizlik ustama direktor o‘rinbosari lavozimi uchun emas, u dars berayotgan fan uchungina to‘lab beriladi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

13:14 / 17.07.2025
Maktablarda aniqlangan ayrim muammolar yuzasidan senator so‘rovi yuborildi

12:32 / 16.07.2025
Issiq ob-havo sabab Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar yopiladi

11:27 / 16.07.2025
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kimyo Olimpiadasida tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

10:41 / 16.07.2025
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
21:37 / 09.07.2025

Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
22:30 / 23.06.2024

Ustama uchun ball berishda qilingan ishlar veb-saytda ham yoritilishi kerakmi?
Maktab Ishchi guruhi ustama uchun qilingan tadbirlarni qabul qilmadi. Ular veb-saytlarda yoritilmagan tadbirlar qabul qilinmaydi, deb aytyapti. Shu to‘g‘rimi?
17:41 / 16.06.2025

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi
Joriy yil 16-fevral kuni ko‘pchilik pedagog xodimlardan malaka oshirganlik uchun pedagoglarga ustama uchun ball berilishi borasida murojaatlar kelib tushgani bois, bu haqda ma’lumot berib, vaziyatga to‘liq sharh bergandik.
00:14 / 20.06.2025
Izohingizni tahrirlang