O'quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim vazifalari nimalardan iborat?

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozim vazifalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlari” bilan tartibga solinadi.
Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining lavozim majburiyatlari quyidagilardan iborat:
➖oʻquv jarayonini tashkil qilish, davlat taʼlim standartlari va talablariga muvofiq oʻquv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini taʼminlash;
➖oʻqituvchi xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv jarayoni, oʻquv jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;
➖taʼlim standartlari va talablari bajarilishini nazorat qilish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish, korreksion mashgʻulotlar va fan toʻgaraklarining ishlashini tashkil qilish;
➖tayanch oʻquv rejaga muvofiq dars jadvallarini sanitariya qoidalari va meʼyorlari inobatga olgan holda tuzish;
➖oʻqituvchilarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etish, oʻquv-metodik va korreksion ishlariga rahbarlik qilish, oʻqituvchilarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish, ommalashtirish va umumlashtirishni tashkil etish;
➖oʻqituvchilar faoliyatining yillik rejasini ishlab chiqilishini va bajarilishini nazorat qilish, darslar, korreksion mashgʻulotlar, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasi jadvallari va boshqa oʻquv tadbirlarini ishlab chiqish;
➖fan oʻqituvchilari tomonidan dars va korreksion mashgʻulotlarining tasdiqlangan jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borilishini nazorat qilish;
➖fan oʻqituvchilari tomonidan taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni, oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini dars oʻtilgan kunning oʻzida sinf jurnallariga (elektron jurnallarga) qayd etilishini nazorat qilish;
➖fan oʻqituvchilari tomonidan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining reja asosida oʻtkazilishi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirilishini nazorat qilish, zarur hollarda, metodik tavsiyalar berish;
➖fan oʻqituvchilari, tarbiyachilar tomonidan oʻtiladigan darslar va korreksion mashgʻulotni tahlil qilish, metodik tavsiyalar berish;
➖fan oʻqituvchilari tomonidan fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida tashkil etilgan toʻgarak mashgʻulotlarini tasdiqlangan jadval asosida olib borilishini taʼminlash va nazorat qilish;
➖anʼanaviy malaka oshirish tizimi amal qilayotgan hududlarda fan oʻqituvchilarining belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslarida oʻqishlarini taʼminlash (uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy qilingan hududlarda, shu jumladan elektron malaka oshirish tizimlari orqali, pedagog xodimlarning malakasini oshirilishi oʻqituvchining shaxsiy masʼuliyati hisoblanadi);
➖tegishli qonun hujjatlarida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan dars mashgʻulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini ixchamlashtirgan holda (mavzularni tigʻizlashtirilgan holda) keyingi dars mashgʻulotlarida oʻtilishini taʼminlash;
➖anʼanaviy shakldagi sinf jurnallaridan foydalanilayotgan taʼlim muassasalari sinf jurnallarining (elektron jurnal joriy etilgan taʼlim muassasalarida faqatgina sinflar boʻyicha yillik hisobotning bosma talqini) saqlanishini taʼminlash;
➖oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish va uni elektron dasturga kiritish;
➖oʻqituvchining maʼlumoti va malaka toifasiga koʻra amaldagi qonun hujjatlariga koʻra ularga darslarni toʻgʻri taqsimlashda, shuningdek, xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etish;
➖oʻquv mashgʻulotlar va taʼlim faoliyati boshqa turlarining jadvalini tuzish, ishda vaqtinchalik boʻlmagan oʻqituvchilarning dars soatlari oʻz vaqtida almashtirilishini, qoldirilgan va boshqa oʻqituvchi oʻrniga oʻtilgan darslarni qayd etish jurnalini yuritilishini taʼminlash;
➖oʻquvchilarni belgilangan meʼyorlar asosida bitta sinfga jamlash, yaʼni sinflar komplektini shakllantirish;
➖umumiy oʻrta taʼlimning tayanch oʻquv rejasi asosida dars soatlari setkasini (sinflar soni, sinf komplektidagi oʻquvchilar soni va tegishli mutaxassislik boʻyicha oʻqituvchilar mavjudligini inobatga olgan holda barcha fanlar boʻyicha shakllantirilgan jami dars soatlarini) tayyorlash;
➖boshqa umumtaʼlim muassasalaridan kelgan va ketgan oʻquvchilarni taʼlim muassasasi direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar roʻyxatiga (sanoqqa) kiritish yoki chiqarish (erp baza);
➖muassasaning yillik ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va fanlar boʻyicha metodbirlashma yigʻilishlarini oʻtkazilishini nazorat qilish;
➖oʻqituvchilar tomonidan namunaviy darslarni tashkil etilishini taʼminlash;
➖umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori vaqtincha ishda boʻlmagan hollarda pedagogik kengashni oʻtkazish;
➖oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish, ularga oylik ustamalar belgilash va mukofotlash, moddiy yordam berishda ishtirok etish;
➖psixologlar va oʻqituvchilarning maktab yoshidagi bolalarni taʼlimga jalb etish, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va bitiruvchilarni OTM ga tayyorlash ishlariga rahbarlik qilish;
➖taʼlim samaradorligi boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish boʻyicha metodbirlashmalar faoliyatini nazorat qilish;
➖yoʻnalish yuzasidan oʻziga biriktirilgan xodimlari tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish;
➖muassasada avgust kengash(milliy forum)larini tashkil etish,
➖pedagogik kengash, oʻquv-seminar, ochiq darslarda ishtirok etish;
➖taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;
➖taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
➖taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
➖foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda

Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti

Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar

Yana ikki nafar maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib, avtohalokatga uchradi
Mavzuga doir yangiliklar

Direktor yo‘qligida uning vazifasini bajargan xodimga qo‘shimcha ish haqi to‘lanadimi?
Bu direktorning qancha vaqt ishda bo‘lmasligi bilan bog‘liq

Maktab direktori bo'lish oson bo'lmaydi
Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarga menejerlik sertifikatiga ega bo'lish talabi qo'yildi.

Maktabda er va xotin direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlashi mumkinmi?
Bu Mehnat kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan.

Direktor o‘rinbosari xalqaro sertifikat olsa, unga ustama to‘lanadimi?
O‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ustamalar to‘lab berish nazarda tutilgan.
Izohingizni tahrirlang