O‘z vaqtida pasport olmagan maktab o‘quvchisiga chora ko‘rsa bo‘ladimi?
09:40 / 11.03.2024
15.23k
Savol
Men 11-sinf rahbariman. 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarimning barchasi pasport olishi kerakligi aytildi. Lekin, 2 nafar o‘quvchim bir necha bor ogohlantirishimga qaramay pasport olishni istamayapti. Ularni deb direktorimiz menga chora ko‘rmoqchi bo‘lyapti. Shu o‘quvchilar o‘z vaqtida pasport olmaganligi uchun javobgarlikka tortsa bo‘ladimi?
Javob
Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini tegishli elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarur.
Qonunchilikka ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan barcha fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportiga ega bo‘lishlari shart. 16 yoshga to‘lgan shaxsga fuqarolik pasporti ichki ishlar organlari tomonidan beriladi.
Ammo, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasida o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘n olti yoshga to‘lishi munosabati bilan identifikatsiyalovchi ID-kartasini o‘z vaqtida olmasa ham ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi degan qoida mavjud.
Shu sababli, o‘z vaqtida pasport olmagan maktab bitiruvchilarini ham ularning ota-onalarini ham javobgarlikka tortishning imkoni yo‘q. Bu vaziyatda ota-onalardan 16 yoshga to‘lgan farzandlarining o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashini so‘rab murojaat qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish joizki, maktab bitiruvchisining o‘z vaqtida fuqarolik pasportini olmaganligi uchun sinf rahbarlariga ham javobgarlik belgilanmagan.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish joizki, maktab bitiruvchisining o‘z vaqtida fuqarolik pasportini olmaganligi uchun sinf rahbarlariga ham javobgarlik belgilanmagan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
17:15 / 22.08.2026
O‘qituvchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi — vazirlik topshiriq berdi
10:35 / 21.08.2026
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
17:55 / 20.08.2026
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda
15:05 / 20.08.2026
Maktablarda yangi o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
15:54 / 04.08.2026
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
16:35 / 10.07.2026
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
15:00 / 09.07.2026
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
12:16 / 10.03.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang