O‘quvchisiga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi
16:00 / 09.04.2024
6.54k
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi maktablarning birida ishlovchi pedagog xodim o‘quvchiga qo‘l ko‘targani uchun lavozimidan ozod qilinib, unga nisbatan 6 mln 800 ming so‘m jarima qo‘llanildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Bolalar ombudsmaniga kaltak yegan o‘quvchining onasidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda ona 2023-yilning 26-dekabr kuni farzandi (7-sinf o‘quvchisi, o‘g‘il bola) tahsil oladigan maktab o‘qituvchisi S.M. bolaning yuz qismiga bir necha bor tarsaki urib, uni turli nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganini bildirgan.
Shundan so‘ng Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi mazkur holatni atroflicha o‘rgangan. Jizzax viloyati Zomin tumani MMT bo‘limining tegishli mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilib, mazkur umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorining buyrug‘iga asosan o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, joriy yilning 23-yanvardagi jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudida o‘qituvchining harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan MJTKning 41-moddasi (haqorat qilish) va 52-moddasini (yengil tan jarohati yetkazish) sodir etgan deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida ya’ni, 6 mln 800 ming so‘m jarima jazosi belgilandi.
“Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan nomaqbul muomala va zo‘ravonlik holatlari javobsiz qolishi mumkin emas”, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
13:45 / 16.09.2026
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
11:13 / 16.09.2026
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
16:33 / 14.09.2026
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
12:18 / 10.09.2026
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
15:54 / 04.08.2026
Yangiliklar
Zo‘ravonlikka uchragan bolalar uchun “Qo‘llab-quvvatlash markaz”lari tashkil etiladi
Qarovsiz qolgan hamda zo‘ravonlikka uchragan bolalarga zarur psixologik, ijtimoiy va boshqa turdagi yordamlarni ko‘rsatish maqsadida mahallalarda “Qo‘llab-quvvatlash markaz”lari tashkil etilishi belgilandi.
09:59 / 23.07.2026
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
16:35 / 10.07.2026
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
15:00 / 09.07.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang