Top.Mail.Ru
Attestatsiyadagi texnik nosozlik sabab o‘qituvchilar uzoq vaqt zalda qolib ketgan

Attestatsiyadagi texnik nosozlik sabab o‘qituvchilar uzoq vaqt zalda qolib ketgan

21:20 / 16.04.2024 5.75k
Bir guruh Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari 15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligini aytmoqda. 

15-apreldan boshlab respublikamiz bo‘ylab pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlariga start berilib, 15-16-aprel kunlari mazkur sinovlarda Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari ishtirok etgandi.

Ko‘plab pedagoglar xalqtaliminfo.uz tahririyatiga murojaat qilib, attestatsiya jarayonidan norozi ekanliklari, texnik nosozlik sabab 3-4 soat auditoriyada qolib ketganligidan shikoyat qildi. Shikoyatlar asosli ekanligini mana bu manzilda yozilgan izohlardan ham bilish mumkin.

Attestatsiyaga turmush o‘rtog‘ini olib borgan murojaatchi holatni quyidagicha izohladi:
“Farg‘onaga attestatsiyadan o‘tgani bordik. (Ayolim informatika o‘qituvchisi). salkam 100 km masofa bosib bordik. Soat 11 da kirib ketib 15:00 gacha yo‘q bo‘lib ketdi. Keyin bilsam test ishlayotgan joyda bazalari ishlamay qotib qolgan, 11 ta savol ochilgan, qolgani ko‘rinmagan. Ajratilgan vaqt tugaguncha kutishgan. Ishlamasdan vaqt tugagan. Nazoratchi yakunlashni bosib boshqatdan boshlanglar degach, yakunlash bosilgan. Qaytadan ochilmagan.

Natija esa 10 ta to‘g‘ri javob (11 ta ochilgan xolos-ku). Xo‘sh, endi ishlamay qolgan baza ortidan shuncha tayyorgarlik ko‘rib, test isholmagan ustozlarning taqdiri nima bo‘ladi? O‘zi nimaga shuncha vaqt davomida shu bitta bazani qotmaydigan qilib tayyorlay olishmagan? Attestatsiyaga to‘langan pullarning bir qismi bo‘lsa ham tuzukroq dasturchilarga berilganda bunaqa asabbuzarliklar bo‘lmas edi balki.

Deyarli hamma o‘qituvchida shu holat bo‘libdi Farg‘onada. Menman o‘zimning boshimdan o‘tganini yozdim. Balki, boshqalar ham murojaat qilib qolar. O‘zi onlayn uzatib turilgan video o‘chib qolganida ham ko‘nglimga xavotir o‘ralagandi. To
gridan-togri olib berilayotgan video yarim soat ham ishlamasdan “Error” bo‘lib qoldi-ku.”
O‘qituvchilardan biri esa testga borib, naqt 3 soat kutganini aytmoqda:
“Bizni testimiz 11 tasi ochilgan joyida qotdi 3 soat kutdik, keyin nazoratchi yakunlashni bosib boshqatdan ochib beraman dedi, yakunlashni bosib boshqatdan ochishga urinish samara bermadi, nazoratchi telegramdan boshqarmaga pasport ma’lumotlarimizni yuborib qaytadan ochib berishini aytdi, lekin baza ishlamadi, noiloj soat 15 dan o‘tib uyga qaytdik”, - deydi murojaatchi.
Mazkur holat bo‘yicha boshqa pedgoglar quyidagicha e’tiroz bildirgan:
“16-aprel kuni bizda ham qotib qoldi va bizga ketishimizga ruxsat berib yuborishdi, may oyida hamma fandan keyin kirar ekanmiz, masalan menda bugunning o‘zida ishlagani yaxshi edi, sababi savollarim belgilanmagan qolgan bo‘lsa-da, 68 ball olib bo‘lgan ekanman, 1 toifani olgan bo‘lardim, agar ishlaganda. Judayam alam qildi, yana shuncha kutib vaqtimiz va asabimiz ketgani qoladi.”
“Attestatsiya shaffof bo‘lmadi deb hisoblaymiz savollari ham soat 08:00 da tarqab ketdi ijtimoiy tarmoqlarga. To‘g‘ri belgilab chiqqan savollarimiz ham noto‘g‘ri chiqib, to‘plagan ballarimiz kam chiqdi. Bu vaziyat faqat menda bo‘ldimi desam, boshqa viloyatdagi ustozlarimizda ham shunday vaziyat bo‘lgan ekan. Qolaversa, savollarga ham e’tirozim bor.”
“15-aprel kuni ertalab 9:00 da attestatsiya imtihoniga kirdik. Baza qotib qolgan, yaxshi ishlamaydi. 1 soatda test ochildi. Tugagandan keyin 2 soat kutdik. Test natijasi chiqmadi. 3-4 martalab yakunlash qilsak ham natija chiqmadi. 13:40 larda soat chiqdik. Biz norozimiz. Iloji bo‘lsa testni boshqatdan ishlasak. Ruxsat berishlarini so‘raymiz. Bazaning faol ishlashini ham. Qancha pedagoglarning taqdiri hal bo‘lyapti. Testni yana bir bor topshiraylik, iloji bo‘lsa.”
“Baza qotib qoldi, testni oxirigacha ham ko‘rib chiqolmadim, hammadan qaytadan olsin! Beshariq tumanidan 70 ta xodim test topshirgani borgan, lekin 3 donasi o‘tib kelgan, men maktabimizda xalqaro tadqiqot bo‘lganligi sababli bugun bordim, 11:00 da testga kirdim, 5-testga kirmadi, ochmadi qotib turaverdi, 3 soatdan keyin javob berib yuborishdi, qaytadan hammadan keyin olamiz o‘zimiz chaqiramiz deyishdi.”
O‘qituvchilar orasida kech soat 21:00 da testdan chiqqanlari ham bor.
“Buxoroda navbatimiz 15-aprel kuni 16:00 da edi, afsuski, texnik nosozliklar sabab 19:00 ga kirib 21:00 da chiqdik. Savollar yechish yo‘nalishini bilardik. Afsuski, juda ko‘p elementar xatoliklar qilgan ekanmiz, chiqib tahlil qilsak. Ertaga kirsak maylimi deb ham so‘radik, yo‘q deyishdi. Kechga kirgizganimiz uchun ustimizdan yozmaysiz ham, deyildi. Uyga 23:00 da kirib keldik. Shumi o‘qituvchiga sharoit, imkoniyat yaratish. Yana qayta topshirishga ruxsat berishsin bizga ham.”, - deydi buxorolik o‘qituvchi.
Ayrim pedagoglar platformadagi nosozliklar sabab, ba’zi savollar avtomatik tarzda belgilanib qolganiga ham guvoh bo‘lishgan.
“Men kecha testga kirib chiqdim va yetarlicha balni yig‘a olmadim. Bir narsaga men hayron bo‘lyapman: Men avval bilgan savollarimni birma-bir belgilab chiqdim. Keyin masalalarga qaytib ishlamoqchi bo‘lib qarasam, ko‘p savollarim belgilanib qolgandi. Men ana shu holatda ham chuv tushdim shekilli. Chunki belgilagan testlarimga qaytib belgilashga vaqtdan qizg‘andim”, deyiladi o‘qituvchi yozib qoldirgan izohlarning birida.
Ma’lum bo‘lishicha, test savolliklari ham tarqalib ketgan. Buni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan test namunalidan ham sezish qiyin emas. Bunday holat bo‘yicha yana bir o‘qituvchi quyidagilarni ma’lum qildi:
“Men noroziman! Avvalam bor soat 8:00 da birinchi guruh bo‘lib kirdik, baza ishlamay qotib qolib 1 soat sozlashdi va 11:30 da chiqdik, tashqarida biz ishlab o‘tolmagan test aylanib yuribdi. 100 kishi kirgan bo‘lsa 3 tasi o‘tdi xolos. Savollarda xatolik ko‘p edi, variantlarning ko‘pi bir xil edi, pedagogik mahoratdan ham.

Oliyga topshirgan ham 2 ga topshirgan ham shu savol. Qani adolat? Oliyga tajribali yoshi kattaroq o‘qituvchi boradi , ikkiga yangi yosh mutaxassis boradi. Lekin savollar bir xil. Savollar tarqalgach, ikkiga topshirgan oliyni natijasini olyapti 82 ball. Shaffof deb bong urishadi bod-bod qani haqiqat? Bekor qilinib boshqatdan topshirsin hamma. Iloji bo‘lsa bir vaqtda kirsin hamma.”
Ayrim hududlarda attestatsiya vaqtida elektr o‘chish holati ham kuzatilgan.
“Kecha, 15-aprel Buxoroda testni yakunlaymiz deganda tok o‘chdi, tok yonishini kutdik 30 daqiqa. Nazoratchilar kattasi kelib testingizni qolgan joyidan davom ettirasizlar, tushkunlikka tushmang deyishdi. Lekin ming afsuski, yangitdan javoblari chalkash, mantiqsiz testlar tushdi. Shaxsan men o‘ta tushkun holatga tushdim, bollarim bog‘cha yoshida bo‘lib qarovsiz qolib ketdi.

Bu qanaqa tizim talabga javob bermas ekan, nima qilardi, tumandan kelgan o‘qituvchini xor va sarson qilib ustidan kulishmi bu? Bechora o‘qituvchi 22:10 da kirib boryapti uyiga ayol boshi bilan. Yomg‘irda taksi kutib. Mana o‘qituvchining ahvoli. 100 kishidan atigi 2 tasi o‘tdi, uning 1 tasi himoya. Kechagi jarayondan noroziman qayta o‘tkazsin.”, deydi yana bir pedagog.
“15-aprel kuni Namanganda ham soat 15:20 da kirdik imtihonga. Lekin 20 daqiqa qolganda svet o‘chib qoldi. Nazoratchilar hozir yonadi va o‘sha joyidan testingizni ishlab davom ettirasiz deyishdi. Lekin svet yongach, boshqatdan yangi savollar tushdi. O‘qituvchi 50 ta testni ishlab charchaydi, tok o‘chganiga ruhiyati tushadi, lekin buni hech kim hisobga olmadi. Testni ishlamay chiqib ketmoqchi bo‘lganlarga ertaga kelsangiz kirgizmaymiz deb tazyiq ostida testni qaytadan ishlashga majbur qildi nazoratchilar.

Shuning uchun olgan balidan qoniqmagan ustozlarga yana bir imkon berilishini so‘ragan bo‘lar edim. Sababi bir imkoniyat o‘qituvchiga ishtiyoq bo‘lardi, yana ham o‘z ustida ishlashga harakat qilib xatolarini tahlil qilar edi. Agar imkon bo‘lsa, 15-aprel sanasida kirgan ustozlarga yana bir imkon berilishini so‘rayman. Agar o‘z kuchi bilan yuqori ballga ega o‘qituvchilar yana qayta topshirganda ham hech ikkilanmay yana undan yuqori ball to‘play olishsa kerak.”, - deydi yana bir o‘qituvchi.
Eslatib otamiz, attestatsiyada ishtirok etish uchun 243 ming 541 nafar pedagoglar onlayn ariza topshirib, ularning 202 ming nafardan ortig‘i ishtirok etishi kutilyotgandi.

Pedagog xodimlardan kelib tushayotgan qo
shimcha etirozlar bilan mana bu manzilda tanishib chiqishingiz mumkin.

Izohlar 8

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Maqola muallifi

Umirov Muzaffar

Umirov Muzaffar

Muxbir

Teglar

  • Attestatsiya

Ulashish