Top.Mail.Ru
"15-aprel kuni test sinovlari vaqtida nosozlik bo‘lmagan" – VAZIRLIK

"15-aprel kuni test sinovlari vaqtida nosozlik bo‘lmagan" – VAZIRLIK

15:00 / 17.04.2024 7.46k
15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligi haqida xabar bergandik. Shundan so‘ng Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi. 

Bunga javoban esa pedagog xodimlar tomonidan yozib qoldirilgan shikoyatlarni asos qilgan holda 15-aprel kuni ham tizimda nosozlik kuzatilganligi haqida yozdik. Masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari bilan muzokara ham olib bordik.

O‘tkazilgan muzokaralar davomida vazirlik mas’ul xodimlari 15-aprel kuni attestatsiya vaqtida nosozlik bo‘lmagani, bunday holat aynan 16-aprel kuni ro‘y berganligini ma’lum qilishdi. Shu sababli, vazirlik bergan rasmiy bayonotda ham aynan 16-aprel kuni test topshiriqlarini to‘liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar haqida so‘z borganligi aytildi.

Norozi pedagoglar nima qilsin?
Vazirlik aytganidek, 15-aprel kuni attestatsiya vaqtida nosozlik bo‘lmagan bo‘lsa-da, ammo ayrim o‘qituvchilar nosozlik bo‘lgan deb shikoyat qilayotganini aytib, vazirlik mas’uliga yuzlandik.

Mas’ul xodim esa bunday holat bo‘lgan taqdirda norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron tarzda ariza (shikoyat) berishsa, har bir pedagogning masalasi adolatli tarzda ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

Muzokara so‘ngida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tez orada attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar elektron tarzda ariza (shikoyat) berishlari uchun maxsus havola manzili e’lon qilinishini ma’lum qildi. Ayni vaqtda pedagoglarga shaxsiy kabinetlari orqali apellyatsiya berish imkoniyatini yaratish ustida ham ish olib borilmoqda.

Demak, 15-aprel kungi attestatsiyadan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar tez orada shaxsiy kabinetlari orqali elektron tarzda ariza (shikoyat) berishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 32

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?

Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.

13:45 / 16.09.2026
Yangiliklar

Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Avvalroq, pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘lgani haqida xabar bergadik. Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.

16:33 / 14.09.2026
Yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarini topshirishda belgilangan vaqt me’yorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt olish imkoniyati beriladi.

10:46 / 08.08.2026
Yangiliklar

Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda pedagoglarning oliy ma’lumot darajasi va o‘qishdagi natijalariga qarab ularga malaka toifalari beriladi.

15:40 / 30.07.2026