"15-aprel kuni test sinovlari vaqtida nosozlik bo‘lmagan" – VAZIRLIK

15:00 / 17.04.2024
6.31k
15-16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelib, ishlamay qolganligi haqida xabar bergandik. Shundan so‘ng Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Bunga javoban esa pedagog xodimlar tomonidan yozib qoldirilgan shikoyatlarni asos qilgan holda 15-aprel kuni ham tizimda nosozlik kuzatilganligi haqida yozdik. Masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari bilan muzokara ham olib bordik.
O‘tkazilgan muzokaralar davomida vazirlik mas’ul xodimlari 15-aprel kuni attestatsiya vaqtida nosozlik bo‘lmagani, bunday holat aynan 16-aprel kuni ro‘y berganligini ma’lum qilishdi. Shu sababli, vazirlik bergan rasmiy bayonotda ham aynan 16-aprel kuni test topshiriqlarini to‘liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar haqida so‘z borganligi aytildi.
Norozi pedagoglar nima qilsin?
Vazirlik aytganidek, 15-aprel kuni attestatsiya vaqtida nosozlik bo‘lmagan bo‘lsa-da, ammo ayrim o‘qituvchilar nosozlik bo‘lgan deb shikoyat qilayotganini aytib, vazirlik mas’uliga yuzlandik.
Mas’ul xodim esa bunday holat bo‘lgan taqdirda norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron tarzda ariza (shikoyat) berishsa, har bir pedagogning masalasi adolatli tarzda ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Muzokara so‘ngida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tez orada attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar elektron tarzda ariza (shikoyat) berishlari uchun maxsus havola manzili e’lon qilinishini ma’lum qildi. Ayni vaqtda pedagoglarga shaxsiy kabinetlari orqali apellyatsiya berish imkoniyatini yaratish ustida ham ish olib borilmoqda.
Demak, 15-aprel kungi attestatsiyadan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar tez orada shaxsiy kabinetlari orqali elektron tarzda ariza (shikoyat) berishlari mumkin bo‘ladi.
Izohlar 32
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

13:51 / 02.07.2025
Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi

18:50 / 27.06.2025
Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi

20:35 / 26.06.2025
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi

11:29 / 26.06.2025
Toshkentdagi 3 ta maktabga 1 milliardga yaqin pul ajratildi
Mavzuga doir yangiliklar

Attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchini ishdan bo‘shattirib, uning darslarini olsa bo‘ladimi?
Bunda xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi, ammo...
10:30 / 02.07.2025

“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish uchun 10 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ yig‘ilgan” — DXX
Pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘ldi.
08:25 / 19.06.2025

Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmaganlar uchun test sinovlari qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Xalqtaliminfo.uz bu masalaga aniqlik kiritish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev bilan bog‘landi.
10:28 / 28.05.2025

Deyarli 60 foiz o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tolmagan
Malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun 190 mingga yaqin pedagoglar onlayn ariza topshirgan bo‘lib, ularning 177 ming 640 nafari yoki umumiy arizachilarning 95 foizi jarayonlarda qatnashdi.
16:16 / 19.05.2025
Izohingizni tahrirlang