Talabalar kasbiy sertifikatlash sinoviga jalb qilinadimi?
13:30 / 20.05.2024
7.14k
Savol
3-kurs talabasiman, maktabda dars beraman. Kasbiy sertifikatga topshirishim kerak ekan. Qachon topshiraman va bu qanday tartibda bo‘ladi?
Javob
Ushbu savolga javob berishdan avval talabalar maktabga qaysi toifadfagi xodim sifatida ishga qabul qilinishiga ham alohida to‘xtalib o‘tishimiz lozim.
3-kurs talabasiman, maktabda dars beraman. Kasbiy sertifikatga topshirishim kerak ekan. Qachon topshiraman va bu qanday tartibda bo‘ladi?
Javob
Ushbu savolga javob berishdan avval talabalar maktabga qaysi toifadfagi xodim sifatida ishga qabul qilinishiga ham alohida to‘xtalib o‘tishimiz lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandiga ko‘ra talabalar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun maktablarda asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Ya’ni, maktablarda ishlayotgan talabalar tugallanmagan to‘liqsiz oliy ma’lumotli pedagog (3 va undan yuqori kursda o‘qiydigan talabalar) hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra stajor-o‘qituvchi — davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli jismoniy shaxs hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorida kasbiy sertifikatlash sinoviga faqat pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli talabgorlargina jalb qilinishi nazarda tutilgan.
Shundan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan talabalar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb qilinmaydi.
Ma’lumot uchun, xalqtaliminfo.uz ushbu masalani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan ham muhokama qilgan.
Muhokamalar yakunida vazirlik mas’ullari ham ta’lim muassasalarida ishlayotgan talabalar kasbiy sertifikatlash sinoviga jalb qilinmaydi, degan xulosaga kelgan.
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
17:20 / 08.04.2026
Vazirlik ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma berdi
12:00 / 08.04.2026
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
20:20 / 06.04.2026
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
11:10 / 03.04.2026
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi ayrim psixologlar ham kasbiy sertifikat olishi kerak bo‘ladi
Endilikda yangi ishga kirgan yoki attestatsiyadan o‘tolmagan psixologlar ham kasbiy sertifikat olishi kerak bo‘ladi.
12:02 / 01.12.2025
Bilasizmi?
Attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlash test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkazilishini bilasizmi?
Vazirlik malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillarini e'lon qilgan.
21:00 / 26.03.2024
So'ragan edingiz
Xorijiy til o‘qituvchilarining maktablarda ishlash tartibi bo‘yicha to‘liq tushuntirish
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ayrim savollarga ham batafsil javob beramiz.
18:10 / 01.08.2024
So'ragan edingiz
Ikkinchi marta ham kasbiy sertifikat ololmaganlar taqdiri nima bo‘ladi?
Yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi
11:26 / 22.08.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang