Maktabgacha ta’lim tashkilotlari malaka oshirish instituti vazirlik bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Bunda hududiy markazlarning maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati Maktabgacha ta’lim instituti tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha mavjud quvvatlarni kengaytirish uchun 11 ta pedagogika kolleji bino va inshootlari, tegishli mol-mulki bilan birga hududiy markazlar tasarrufiga o‘tkaziladi.
Hududiy markazlar tasarrufiga o‘tkaziladigan pedagogika kollejlari faoliyati ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini tamomlash muddatlariga mos ravishda bosqichma-bosqich tugatiladi va ularning bino va inshootlaridan maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadlarida foydalaniladi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Har bir tumandan 5 nafardan, jami 110 nafar maktab o‘qituvchilari ro‘yxati shakllantirilgan. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar 30 nafar pedagoglar Turkiya davlatida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirib kelgan.
Yangiliklar
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Prezident topshirig‘i noto‘g‘ri talqin qilinib, pedagoglarni xorijiy davlatlarga yuborish xarajatlari o‘qituvchilarning o‘ziga yuklab qo‘yilmoqda.
Yangiliklar
Pedagoglar malakasini oshirish tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi
Senatorlar mazkur sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tib, vazirlik mas’ullarini so‘roqqa tutdi.
Yangiliklar
14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina avariyaga uchradi, haydovchi vafot etdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang